1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Yüklə 239 Kb.
səhifə27/29
tarix15.04.2023
ölçüsü239 Kb.
#98533
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Титульный

671-modda. Moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus “tartibga solish qumdoni” huquqiy rejimi
Yuridik shaxslarning yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda (qamrov hududi, sinov davri, operatsiyalar va xizmatlarning soni va (yoki) hajmi, iste’molchilar soni va boshqalar) sinovdan o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini maxsus tartibga solish moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimdir (“tartibga solish qumdoni”).
Maxsus huquqiy rejimni joriy etish va bekor qilish, mazkur rejim doirasida faoliyatni amalga oshirish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Maxsus huquqiy rejim Markaziy bank tomonidan maxsus huquqiy rejimning vaqtinchalik tartibini tasdiqlash orqali joriy etilib, ushbu tartib quyidagilarni nazarda tutadi:
maxsus huquqiy rejimning uch yildan oshishi mumkin bo‘lmagan amal qilish muddatini;
maxsus huquqiy rejim ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etilmaydigan qonunchilik hujjatlarining normalarini;
maxsus huquqiy rejim joriy etilishining samaradorligi va natijadorligini baholash tartib-taomillari hamda mezonlarini, shu jumladan maqsadli indikatorlarni;
maxsus huquqiy rejimni joriy etish va qo‘llash uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotni.
Maxsus huquqiy rejim amal qilishi yakunlanganidan keyin maxsus huquqiy rejim doirasida sinovdan o‘tkazilgan yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahlil o‘tkaziladi.
Maxsus huquqiy rejim doirasida sinovdan o‘tkazilgan yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni joriy etish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, Markaziy bank maxsus huquqiy rejim doirasida sinovdan o‘tkazilgan yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar hamda xizmatlarni ularning amal qilishini cheklamasdan joriy etishga doir qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
(671-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)

Yüklə 239 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin