46-modda. To‘lov tizimlarining ishlashini ta’minlash Markaziy bank to‘lov tizimining ishlashini ta’minlash maqsadida:
to‘lov tizimining strategiyasini belgilaydi va amalga oshiradi;
o‘z vakolatlari doirasida to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
to‘lov xizmatlari bozorida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir talablarni belgilaydi;
to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlari faoliyatini tartibga solishni hamda nazorat qilishni amalga oshiradi.
Markaziy bank banklarga va to‘lov tashkilotlariga, to‘lov tizimlari operatorlariga to‘lovlarga hisob-kitob-kliring xizmati ko‘rsatilishini tashkil etishda, shu jumladan bank kartalari hamda boshqa to‘lov vositalari orqali to‘lagan holda ko‘maklashishga, bunday operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilashga va tegishli ko‘rsatmalar berishga haqlidir.
[OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.01.00 Umumiy qoidalar]
7-bob. Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish, shuningdek xalqaro zaxiralarni boshqarish 47-modda. Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish Markaziy bank valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir.
Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida:
valyutani tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang. banklarning valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etishga doir faoliyatini tartibga solishni va nazorat qilishni amalga oshiradi;
(47-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) valyuta birjalari faoliyatini litsenziyalashni va tartibga solishni amalga oshiradi;
banklar uchun ochiq valyuta pozitsiyasi limitlarini va boshqa prudensial normativlarni belgilaydi;
LexUZ sharhi chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni ochish tartibini belgilaydi;
valyuta kursini aniqlash tartibini belgilaydi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni 7-moddasi.