1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Markaziy bank tomonidan mijozlarga bank xizmati ko‘rsatish



Yüklə 239 Kb.
səhifə15/29
tarix15.04.2023
ölçüsü239 Kb.
#98533
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Титульный

38-modda. Markaziy bank tomonidan mijozlarga bank xizmati ko‘rsatish
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlarining, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining asosiy hisobvaraqlariga, shu jumladan ular harbiy qismlarining, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining, shuningdek Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlarning hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bank operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.
(38-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.03.00.00 Pul tizimi va pul muomalasi. Inflyatsiya / 07.03.01.00 Umumiy masalalar]
6-bob. O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi va pul muomalasini tashkil etish
39-modda. O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi
O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi O‘zbekiston Respublikasining pul birligini, pul muomalasini tashkil etishni va uni tartibga solishni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘mdir. Bir so‘m yuz tiyindan iborat.
So‘m O‘zbekiston Respublikasidagi yagona cheklanmagan qonuniy to‘lov vositasidir.
O‘zbekiston Respublikasi pul belgilarining nominal qiymati Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
So‘mning ramz tarzidagi grafik belgisi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadi.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pul muomalasini tashkil etadi.
So‘m va oltin o‘rtasida yoki boshqa qimmatbaho metallar o‘rtasida nisbat belgilanmaydi.
40-modda. Pul belgilarini muomalaga chiqarish
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega. Pul belgilari banknotlar va tangalar tarzida, shu jumladan qimmatbaho metallar tarzida chiqariladi.
Muomaladagi pul belgilari Markaziy bankning qat’iy majburiyatlari bo‘lib, ushbu pul belgilari uning barcha aktivlari bilan ta’minlanadi.
Pul belgilarining namunalari, shuningdek ularning dizayni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi bilan kelishilgan holda Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadi. Pul belgilarining dizayni Markaziy bankning mulkidir. Yangi namunalardagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi xabar, shuningdek ularning tavsiflari Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Markaziy bank va banklar talabga ko‘ra bir nominal qiymatdagi pul belgilarini boshqasiga hech qanday to‘lovsiz yoki vositachilik haqisiz ayirboshlashni amalga oshiradi.
Pul belgilarining himoya elementlariga doir talablar Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Markaziy bank muhim sanalarga oid va esdalik pul belgilarini, shu jumladan qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini muomalaga chiqarishga haqli.
Numizmatika va kolleksiyalash maqsadlarida pul belgilarini sotish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Markaziy bank yo‘q qilib yuborilgan, yo‘qotilgan, qalbaki, yasama va qonuniy kuchini yo‘qotgan pul belgilarining o‘rnini qoplamaydi.
Pul belgilarini qalbakilashtirish va qonunga xilof ravishda tayyorlash qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Yüklə 239 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin