1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Markaziy bankning vazifalari



Yüklə 239 Kb.
səhifə4/29
tarix15.04.2023
ölçüsü239 Kb.
#98533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Титульный

12-modda. Markaziy bankning vazifalari
Markaziy bank:
pul-kredit siyosatini, shu jumladan valyuta siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasida inflatsiya darajasini monitoring, tahlil va prognoz qiladi, tegishli axborot materiallarini hamda statistik ma’lumotlarni e’lon qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansini, xalqaro investitsiyaviy mavqeyini, tashqi qarzini va zaxira aktivlarini o‘z ichiga olgan bank, pul-kredit statistikasini, tashqi sektor statistikasini shakllantirishni hamda e’lon qilishni amalga oshiradi;
har yili O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Davlat budjeti loyihasini tayyorlashga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha axborotni taqdim etadi;
naqd pul muomalasini tashkil etadi;
valyutani tartibga solishni va valyutani nazorat qilishni amalga oshiradi;
valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boshqa hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun valyuta kursini muntazam ravishda belgilab boradi;
banklarni va kredit byurolarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
banklarning, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalari va kredit byurolarining faoliyatini litsenziyalaydi, banklarning, shuningdek mikromoliya tashkilotlarining, lombardlarning, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining (bundan buyon matnda nobank kredit tashkilotlari deb yuritiladi), to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga soladi hamda ushbu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(12-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradi;
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) boshlaganlik va tugatganlik to‘g‘risidagi xabarnomalarni qabul qiladi, xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshiruvchi xabardor qiluvchilar ustidan nazoratni amalga oshiradi, faoliyatni (harakatlarni) to‘xtatib turish, qayta tiklash va tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
hukumatning fiskal agenti vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan bank operatsiyalarini va boshqa bitimlarni mustaqil ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshirig‘iga binoan amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasida to‘lov tizimlari barqaror ishlashini ta’minlash choralarini ko‘radi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank nazorat qilishi lozim bo‘lgan shaxslar tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi yuzasidan monitoring hamda nazoratni amalga oshiradi;
(12-modda birinchi qismining o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Xalqaro valyuta fondining O‘zbekiston Respublikasi valyutasidagi mablag‘lari depozitariysi hisoblanadi, operatsiyalarni va bitimlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan operatsiyalar va bitimlarni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar va nobank kredit tashkilotlari (bundan buyon matnda kredit tashkilotlari deb yuritiladi) xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, moliyaviy xizmatlarning ochiqligini hamda aholining va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish choralarini ko‘radi;
(12-modda birinchi qismining o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralarini (bundan buyon matnda xalqaro zaxiralar deb yuritiladi), shu jumladan kelishuvga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining zaxiralarini boshqarishni, hisobga olishni va saqlashni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank ushbu Qonun bilan belgilangan maqsadlariga erishish uchun qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 239 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin