1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Markaziy bankning yillik hisoboti



Yüklə 239 Kb.
səhifə6/29
tarix15.04.2023
ölçüsü239 Kb.
#98533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Титульный

15-modda. Markaziy bankning yillik hisoboti
Markaziy bankning hisobot davri kalendar yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar etib belgilanadi. Yillik hisobot auditorlik tashkilotining xulosasi ilova qilingan holda 15-maydan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ko‘rib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Markaziy bankning yillik hisoboti:
iqtisodiyot holatining tahlilini;
Markaziy bankning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni, shu jumladan pul-kredit siyosatining va bank sektori holatining sharhini o‘z ichiga oladi.
Markaziy bank har yili yillik hisobotni o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
LexUZ sharhi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.06.00 Ayrim tashkilotlar auditining xususiyatlari]
16-modda. Markaziy bank faoliyatining ichki auditi
Markaziy bank faoliyatining ichki auditi Markaziy bankning ichki auditorlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Ichki auditorlik xizmati o‘z faoliyatida Auditorlik qo‘mitasiga hisobdordir.
Markaziy bankda uch nafar a’zodan, shu jumladan bir nafar mustaqil a’zodan iborat bo‘lgan Auditorlik qo‘mitasi tashkil etiladi. Auditorlik qo‘mitasining vakolatlari va faoliyatining reglamenti, uning huquqiy maqomi, shuningdek uning a’zolariga nisbatan talablar Markaziy bank boshqaruvi tomonidan belgilanadi.
Auditorlik qo‘mitasining a’zolari Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tayinlanadi. Auditorlik qo‘mitasi tarkibiga Markaziy bank boshqaruvining a’zolari kiritilishi mumkin.
Auditorlik qo‘mitasi o‘z faoliyatida Markaziy bank boshqaruviga hisobdordir.
Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatining ichki auditi yiliga kamida bir marta o‘tkaziladi.
17-modda. Markaziy bank faoliyatining tashqi auditi
Markaziy bank faoliyatining tashqi auditi Auditning xalqaro standartlariga muvofiq auditorlik tashkilotlari tomonidan har yili o‘tkaziladi.
Markaziy bank faoliyatini tekshirish jarayonida tashqi auditor tomonidan olingan axborot maxfiydir va u Markaziy bankning roziligisiz oshkor etilishi mumkin emas.
Tashqi auditni o‘tkazuvchi auditorlik tashkilotiga nisbatan qo‘yiladigan talablar Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Yüklə 239 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin