1-bosqich tt 14-23 (S) guruh talabasining



Yüklə 57,47 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü57,47 Kb.
#183196
7-mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI



1-BOSQICH TT 14-23 (S) GURUH TALABASINING

DINSHUNOSLIK” fanidan


MUSTAQIL ISHI 7


Bajardi: Bobomurodov D

Qabul qildi: Mamatqulova D


QARSHI – 2023
7-Mustaqil ish

  1. Ijtimoiy tarmoqlarda diniy axborot ist’emoli madaniyatini tarbiyalashning zarurati.

  2. Missionerlik targ`botida uslub va vositalarning zamonaviylashuvi: kiber makonda mafkuraviy tahdidlar.

  3. O‘zbekistonda faoliyati kuzatilgan missionerlik harakatlariva ular faoliyatining oqibatlari.

  4. Diniy aqidaparastlik (fanatizm), ekstremizm paydo bo’lishining ijtimoiy- tarixiy zaminlari va rivojlanishi.

  5. O’zbekiston davlat siyosatida radikal oqimlarga qarshi kurashning yo’nalishlari.

  6. O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash tajribasi.

  7. O‘zbekiston yoshlarining diniy manbalardagi axloqiy tarbiyaga oid g`oyalarni o`rganishning ahamiyati.

Ijtimoiy tarmoqlar bugun qudratli axborot qurolga aylangan ekan, dunyo miqyosida mafkuraviy-g„oyaviy tahdidlarni targ„ibot va tashviqot etishda muhim omil vazifasini o„tamoqda. Ijtimoiy tarmoqlar yordamida yoshlarning qalbi, ongi va ruhiyatiga ta‟sir ko„rsatishga alohida e‟tibor qaratilmoqda. Buning natijasida yoshlar ma‟naviyati izdan chiqishiga olib kelmoqda. Shu boisdan ham, turli-tuman g„oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlarining avj olishini e‟tibordan chetda qoldirmasligimiz darkor. Shundagina biz istiqbolda ma‟naviy barkamol insonni, sog„lom avlodni tarbiyalashga erishamiz.


Bugungi kunga kelib, internet tizimining ijtimoiy tarmog„ida ma‟naviy, axloqiy tubanlikni “targ„ib” etuvchi sahifalarning soni bir nech yuz miliondan oshayotganligi insoniyatni yanada tashvishlantiradi. Bu haqda Chingiz Aytmatov shunday yozadi: “Tuya terisini odamning taqir boshiga kiydirish shart emas. Endi sodir bo„ladigan urushlar jang maydonida emas, balki mafkura poligonida yuz beradi. Shu jihatdan qaraganda, yoshlarning ko„p vaqtini internetda behuda sarflashi katta fojiadir”[1]. Chunki, Globallashuv jarayonida mafkuraviy ta‟sir o„tkazish ko„lamini haddan ziyod kengaytirib, beqiyos darajada tezlatib yuborganida ham ko„rinadi. Inson o„z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o„tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog„lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo„lmasa, har turli ma‟naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko„rinishdagi ta‟siriga bardosh berishi amrimahol.
Manbalarda ijtimoiy tarmoq – odamlarning muloqot qilish, o„xshash qiziqishlari yuzasidan boshqa odamlar bilan ijtimoiy munosabatlarni yaratish uchun foydalanadigan onlayn platforma deb ta‟rif berilgan. Ilk bor odamlar o„rtasidagi muloqot vositasi sifatida ijtimoiy tarmoqning elektron pochta ko„rinishi paydo bo„ldi. Bu kompyuter tarmoqlari orqali bog„lanishning ilk ko„rinishi edi. Dastlab ikki kishi o„rtasida ma‟lumot almashish uchun yaratilgan elektron ma‟lumot almashuv keyinchalik guruhlar o„rtasidagi muloqot vositasiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlar haqida ilk bora o„z tasavvurlarini bayon qilgan olimlar R.Solomonoff va A.Rapoport o„tgan asr o„rtalarida muloqotning virtual ko„rinishi haqida o„z fikrlarini bayon qilishgan. Vengriyalik mutaxassislar P.Erdos va A.Renilar ijtimoiy tarmoqlarni shakllantirish borasidagi tasavvurlarini aytib o„tishgan. Ijtimoiy tarmoq atamasini alohida tushuncha sifatida 1954 yil Manchester maktabi namoyondalaridan biri J.Barns ilmiy manbalarga kiritgan. Internet tarmog„ida insonlar o„rtasidagi muloqotning avj olishi, rivojlanib ketishini olimlar ijtimoiy tarmoqlarning tezkor faoliyati bilash bog„lashadi[4]. Aslida ham shunday. Siz virtual olamda tez va qulay muloqotni kunning yoki tunning istalgan vaqtida o„rnatishingiz mumkin. Suhbatdoshingiz bilan yozishib, gaplashib, uni ko„rishingiz ham mumkin. Buning uchun kompyuter yoki telefon va internet bo„lsa kifoya. Bugungi kunda mashhur bo„lgan ijtimoiy tarmoqlarda o„z sahifasiga ega bo„lmagan insonni topish qiyin. Ayniqsa, bu holatning yuqori darajasini yoshlar orasida ko„rish mumkin. Ma‟lumotlarga qaraganda, dunyo yoshlari, jumladan mamlakatimizda o„sib kelayotgan yosh avlod asosiy vaqtining taxminan 50% foizi virtual muloqotga sarflanmoqda. Gap shundaki, ko„pchilik yoshlar o„z hayotlarini ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qila olmaydilar.
Virtual muloqotning avj olishi jonli muloqotga bo„lgan ehtiyojning pasayib ketishiga sabab bo„lmoqda. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda jamiyatimizda o„zining doimiy ko„rishib turadigan yaqinlari bilan ham ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qiluvchi insonlar ko„pchilikni tashkil etmoqda. Bunday muloqot esa real voqelikdan ayri holda kechadi va inson o„zining hissiy kechinmalarini tasvirlab bera olmaydi. Bu esa insoniy tuyg„ularning yo„qolib borishiga zamin yaratadi. Yaqin o„tmishimizda insonlar o„rtasida “uyga keling” deb taklif qilingan bo„lsa, endilikda “telegram kanalim”ga tashrif buyuring, “Facebookdagi sahifam”ga kiring degan takliflardan ajablanmay qo„ydik. Shu nuqtai nazardan qaraganda, shiddatli global o„zgarishlar davrida yoshlar ong-u shuurini internet tizimining ijtimoiy tarmog„i orqali kirib kelayotgan zararli g„oya va ta‟sirlardan samarali va ishonchli himoyalash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o„qituvchilar, ma‟naviyat targ„ibotchilari, ota-onalardan yanada hushyor va ogoh bo„lishni, yosh avlodning g„oyaviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash borasidagi ishlar ko„lamini yanada kengaytirishni talab qiladi. Ma‟lumki, dunyoda g„oyaviy hamda informatsion xurujlar, turli mafkuraviy tahdidlar avj olayotgan bugungi kunda yoshlarimiz ma‟naviyatini yuksaltirish, ularning tafakkurida sog„lom dunyoqarash asoslarini shakllantirish eng muhim vazifadir. Bunday murakkab va tahlikali davrda ma‟naviy – ma‟rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon – atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, zo„rlik bilan joriy etish oqibatida xalqaro maydondagi ziddiyat va qarama – qarshiliklar kuchayib borayotgan bir vaziyatda o„zimizning kelajak strategiyamizni aniq belgilab olish, g„animlarning g„arazli urinishlari nimaga qaratilganligini har tomonlama anglab olish va keng jamoatchilikka yetkazish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch va osoyishta hayotimizga xavf tug„dirishi mumkin bo„lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy g„oya targ„iboti va mafkuraviy jarayonlarning amaliy ishlari va ijobiy natijalarini yoshlarga tushuntira bilish, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Ma‟naviyat va ma‟rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi” ekanligi to„g„risidagi qarashlarining mazmun-mohiyatini har bir fuqaroga, xususan, yoshlar ongi, qalbi va ichki dunyosiga singdirish zarur. Umuman, bugungi kunda internet tizimining ijtimoiy tarmoqlari salbiy ta‟sirining oldini olish uchun yoshlarning ma‟naviy salohiyatini oshirish, iqtidorli va iste‟dodli bolalarning o„z ijodlarini erkin namoyon etish va axborot almashish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari orqali maxsus internet dasturlarini ko„proq tuzib, yoshlarga mo„ljallangan turli mavzular bo„yicha maqsadli loyiha va sohaviy tizimli dasturlarni tayyorlash va ularni doimiy tarzda yangilab borish maqsadga muvofiqdir.
Din nomi bilan ish yuritayotgan g‘arazli kimsalar yoshlarni o‘z tuzoqlariga ilintirishda internetdan ustalik bilan foydalanmoqda. O‘zlarini “yaqin do‘st” yoki “hidoyatga chorlovchi” sifatida tanitib, yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itmoqda.
Hozirgi kunda Xitoyda 500 milliondan, Rossiyada 50 milliondan, O‘zbekistonda 10.2 milliondan ortiq internetdan foydanuvchi ro‘yxatga olingan. Endilikda ijobiy yoki salbiy mazmundagi axborotlarning global tarmoqqa chiqishi uchun bir soniya kifoya.
Afsuski, ko‘p yoshlar Islom niqobi ostida olib borilayotgan buzg‘unchi harakatlarning qurboni bo‘lib, din dushmanlari quroliga aylanib qolmoqdalar. Ular nozik chegara chizig‘ini anglamay, shunday targ‘ibotlarga uchib, o‘z dini, dindoshlari, xalqi va o‘zi tug‘ilib o‘sgan Vataniga qarshi isyon qilishgacha borib yetmoqdalar.
Buzg‘unchi oqimlar o‘z sahifalarida yoritilgan fikrlarni asoslash uchun, asosan, Ibn Taymiya, Abu A’lo Ma’dudiy, Muhammad ibn Abdulvahhob, Hasan al Banno, Sayyid Qutb, Muhammad Ilyos Kandehlaviy, Taqiyuddin Nabahoniy, Abdul Qadim Zallum, Said Nursiy, Fathulla Gulen kabi qo‘shtirnoq ichidagi ulamolarning manbalaridan iqtiboslar keltirishadi.
Afg‘onistonda Tolibon harakati o‘z safiga yangi a’zolarni jalb etish, erishilgan “yutuqlar”ni ovoza qilish va zarur ma’lumotlarni e’lon qilish maqsadida 2011 yilning may oyidan boshlab dunyo bo‘ylab ommalashgan “Twitter” ijtimoiy tarmog‘idan foydalana boshlagan. Vaholanki, Tolibon harakati televizor, radio singari zamonaviy texnologiyalarni mutlaqo inkor etib, o‘z a’zolarini bulardan ehtiyot bo‘lishga qattiq buyurar edi.
Hozir internetda tarqatilayotgan ma’lumotlarning rang-barangligi va ko‘pligidan ularning qay biri to‘g‘ri-yu, qay biri noto‘g‘ri ekanini ajratib olish mushkul. Islom dushmanlari musulmonlar o‘rtasida fitna chiqarish uchun internet – “o‘rgimchak to‘ri” dan juda ustalik bilan foydalanishmoqda. Birgina “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida turli tillarda bir qancha guruhlar ochib, soxta g‘oyalarini muntazam ravishda tarqatib, ko‘paytirib borishyapti.
Terrorchilar o‘zlariga tegishli veb-sahifa va ijtimoiy tarmoqlarda “shahidlik”, “jihod”, “hijrat”, “takfir”, “xalifalik” kabi tushunchalarni buzib talqin qilish natijasida ayrim yoshlarni o‘zlarining tuzoqlariga ilintirishga muvaffaq bo‘lishayotgani achinarli hol, albatta.
Shu o‘rinda mashhur olim, marhum Muhammad Said Ramazon Butiyning terrorchilar xususida aytgan quyidagi so‘zlarini keltirish lozim: “Ular bir vaqtning o‘zida biror aybi yo‘q musulmonlarni kechasi bo‘g‘izlab ketishni “shariat ruxsat bergan ish” deydilar. Ular oddiy yo‘lovchilar to‘la samolyotni ichidagi aybsiz insonlar bilan qo‘shib portlatib yuborishni ham “shariatda bor ish” deydilar. Har kim ko‘zlarini yumib, Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) bugun oramizda yuribdilar, deb hayol qilsin. Ul zot shunday razil ishlarga rozi bo‘lar edimi?”
Muqaddas islom dinida begunoh inson qonini to‘kish buzg‘unchilikning eng ulkan ko‘rinishi hisoblanadi. Islom dini hatto chumoliga ozor berishdan ham qaytaradi. Bunday vahshiylikni qilayotganlar dinga e’tiqod qilgani haqida qancha lof urmasin, qilgan yovuzliklari bu da’volari soxta ekanini fosh etmoqda.
2015 yil 21 aprel kuni Shofirkon tuman 49-son umumta’lim maktabida Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlikda “Diniy sektalarning missionerlik faoliyati va ularning oqibatlari” mavzusida davra suhbati o`tkazildi. Tadbirda Shofirkon tuman 49-son umumta’lim maktabi direktori D.Sattorova, BuxDU “Milliy g`oya, huquq va ma’naviyat asoslari” kafedrasi dotsenti f.f.n. N..Teshayev, o`qituvchilar R.G`.Jumayev, D.H.Qodirov v Shofirkon tuman 49-son umumta’lim maktabi pedagoglari, o`quvchilari qatnashdi.Tadbirni Shofirkon tuman 49-son umumta’lim maktabi direktori D.Sattorova so`zi bilan ochib, yig`ilganlarni tashrif buyurgan mehmonlar va tadbir kun tartibidagi masala bilan tanishtirib, mavzu yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bildirib o`tdi.Tadbirda “Milliy g`oya, huquq va ma’naviyat asoslari” kafedrasi dotsenti f.f.n. N.N.Teshaev so`zga chiqib, mavzu yuzasidan gapirib, missionerlik tashkilotlari o`z faoliyatlarini o`ta yashirin tarzda amalga oshirishi, turli diniy mazmundagi prozelit kitob va materiallarni mahalliy tillarga tarjima qilingan shaklda tarqatishi, da’vat qilayotgan shaxslarning saviyasiga, ya’ni, bolalarning yoshlariga mos kitob, risola va shu kabilarni etkazishga katta ahamiyat berishi, bunday harakatlar ortida azaldan bir dinga e’tiqod qiluvchi aholi o`rtasida boshqa diniy g`oyalarni targ`ib qilish orqali uning tinchligi va osoyishtaligiga putur etkazish, ma’naviy qadriyatlariga zarar etkazish, diniy va milliy asosdagi nizolar, oilalarning parokandaligiga olib kelishi mumkinligi tushuntirildi. Missionerlikning asl maqsadlari vijdon erkinligidan tamoman boshqa ekanligi, dunyoning bir necha mamlakatlari, jumladan, Indoneziya, SHimoliy Afrikadagi bir necha mamlakatlar ana shunday missionerlik harakatlari natijasida yaxlitligi va osoyashtaligini yo`qotganligi tarixiy fakt ekanligiga alohida ta’kidlab o`tdi. Tadbirda “Milliy g`oya, huquq va ma’naviyat asoslari” kafedrasi o`qituvchisi R.G`.Jumayev va D.H.Qodirovlar so`zga chiqib, mazkur mavzuda barcha ta’lim muassasalarida tadbirlar, davra suhbatlar tashkil etishdan ko`zlanayotgan maqsad va undan kutilayotgan natijalar, diniy sektalarning missionerlik faoliyati salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgani to`g`risida gapirib o`tdi. SHuningdek, respublikamizda fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlanganligi, Konstitutsiya va Qonunlarimizda shaxsning vijdon erkinligi daxlsizligi, uning qaysi dinga e’tiqod qilishi yoki biror dinga e’tiqod qilmasligiga qarab ajratilmasligi, shu bilan birga, diniy g`oyalarning majburan singdirishi qonun bilan ta’qiqlanganligi haqida so`z yuritdi. Ayni paytda, insoniyatning ko`p asrlik tarixi dindan niqob sifatida foydalanish, undagi g`oyalarni vayronkorlik ruhida talqin etish odamlar boshiga ko`plab kulfatlar keltirgani, dunyoda sodir bo`layotgan voqealar dindan g`araz maqsadlar yo`lida foydalanish davom etishi barobarida u o`ta nozik tus va xatarli ko`rinishlar olayotganidan guvohlik berishi, turli shakllarda namoyon bo`layotgan missionerlik harakatlari bunga misol bo`la olishi, millat va jamiyatni diniy asosda bo`lib tashlashga qaratilgan missionerlik harakatlari o`zining uzoq tarixiga egaligini ta’kidlab, globallashuv sharoitida esa, u yangicha shaklu shamoyil va keng miqyos kasb etib, jamiyatdagi barqarorlik va taraqqiyotga tahdid solayotgani, bugungi kunda missionerlikning g`arazli geosiyosiy maqsadlar bilan uyg`unlashib ketgani, ularga erishish yo`lida missionerlar tomonidan ishlab chiqilgan maxsus rejalar va dasturlar, missionerlik strategiyasining mazmuni, bu yo`nalishdagi faoliyatni amalga oshirishning moliyaviy asoslari kabi masalalar haqida chuqurroq tasavvur hosil qilishga yordam berishin aytib o`tdi. Shuningdek, missionerlik va prozelitizmning mohiyati, g`oyaviy-aqidaviy asoslari, missionerlik tashkilotlarining vujudga kelishi va hozirgi kunda mamlakatimizga kirib kelishga intilayotgan bunday noislomiy diniy sektalarning asl maqsad va vazifalari, ularning faoliyati, mexanizmlari hamda targ`ib qilayotgan diniy g`oyalarining zararli jihatlari xususida va shu bilan birga turli noqonuniy noislomiy sekta oqimlari faoliyatining mamlakatimiz xavfsizligiga siyosiy va mafkuraviy tahdidi, ular tomonidan aholining turli toifalari bilan olib borayotgan g`oyaviy targ`ibot ishlarining o`ziga xos jihatlari, ayniqsa yoshlarda bunday zararli illatning asl maqsadlari haqidagi tushuncha va ularga qarshi mafkuraviy immunitetni o`stirish, yosh avlodni milliy g`urur, yurt taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etishi, bu borada ishtirok etayotgan barcha daxldor tashkilot va muassasalar vakillari mahalliy aholi o`rtasida targ`ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish tizimini takominlashtirish va samaradorligini oshirishni ta’kidlab o`tdi. Missionerlikni amalga oshirishda tibbiyot va ta’lim-tarbiya sohasidagi faoliyat, xayriya yordamlari ko`rsatish, uyma-uy yurib targ`ibot olib borish, mahalliy tillarda xristianlikni targ`ib qiluvchi adabiyotlarni tarqatish, gazeta va jurnallar, radio va teledasturlar, kino mahsulotlari va internet ham alohida o`rin egallashani ta’kidlab o`tdi. Davra suhbati o`quvchilar bilan savol-javob tarzida olib borildi. Tadbir ochiq muloqot ruhida o`tkazilib, yig`ilganlar mavzu doirasida etarlicha ma’lumotlarga ega bo`ldilar.
Vijdon erkinligi fuqarolarning u yoki bu dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir. Vijdon erkinligi inson huquqlari masalasining eng muhim kirralaridan biridir. SHuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948 yilda qabul qilingan «Inson huquqlari Deklaratsiyasi»da bu masalaga alohida e’tibor berilgan. Xususan, Deklaratsiyaning 18-moddasida bunday deb yozib qo‘yilgan: «Har bir inson... vijdon va din erkinligi huquqiga egadir». Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ham inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro me’yorlarni tan olgan va mazkur masala xususida xalqaro xamjamiyat qabul qilgan xujjatlarga qo‘shilgan. SHuning uchun ham davlatimizning Asosiy QonuniKonstitutsiyamizning 31-moddasida quyidagi satrlar bitilgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hoxlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huqukiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi». Demak, bir kishi boshqasiga, sen u dinga, sen bu dinga e’tiqod qilasan yoki sening biror dinga e’tiqod qilishga haqqing yo‘q, sen bedinsan, deb ayta olmaydi va u yoki bu aqidaga bo‘ysunishga majbur eta olmaydi. Dindor kishini ikkinchi shaxs, «Diniy e’tiqodingizdan qayting», deb majbur qila olmaydi. Dinga ishonish yoki ishonmaslik, dindor yoki daxriy (dinsiz) bo‘lish har kimning shaxsiy ishidir. Vijdon erkinligi deyilganda, ayni paytda fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, ularning teng huquqliligi, barcha dinlarning qonun oldida tengligi, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslikka nisbatan hech qanday majburiyatning yo‘qligi, diniy tashkilotlar (masjid, cherkov, sinagog va x.k.) uchun majburiy yig‘imlar to‘plashning ta’qiqlanganligi, diniy e’tiqod tufayli o‘zaro adovat va nafrat ko‘zg‘atishning taqiqlanishi kabi masalalar ham tushuniladi. Ayni paytda, shu narsani alohida ta’kidlash zarurki, dinga e’tiqod qilish erkinligi faqat milliy xavfsizlik va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, ahloqi, huquqi va erkinligini ta’minlash uchun zaruriyat tug‘ilgandagina cheklanishi mumkin. Binobarin, vijdon erkinligi demokratiyaning tarkibiy qismi hamdir. Vijdon erkinligining kafotlatlari nimalardan iborat? Bu kafolatlar ko‘p qirralidir. Ular O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunida ta’riflab berilgan. Bular: - avvalo, dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi; - barcha fuqarolar uchun maorif va madaniyat eshiklarining ochiqligi; - maktabning dindan va diniy tashkilotlardan ajratilganligi; - ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmasligi; - dindorlarning diniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan muayyan sharoitlarning yaratib berilganligi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 1991 yilda, milliy mustaqillikka erishish arafasidayoq, O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotini demokratiyalash jarayoni boshlandi. Bu jarayon ayni paytda, kun tartibiga din, diniy tashkilotlar va dindorlarga ham munosabatni o‘zgartirish masalasini qo‘ydi. 3 Bu masalalarda Respublikamizda jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Biroq, dindan o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinish, dinni yagona xukmron mafkuraga aylantirishga harakat qiluvchilar ham yo‘q emas edi. Ana shunday sharoitda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qonun qabul qilish hayotiy zaruratga aylandi. Bu qonun mutlaqo yangi sharoitda dinning, diniy tashkilotlarning jamiyatdagi o‘rnini, davlat va din munosabati tamoyillarini belgilab berishi lozim edi. 1991 yil 14 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi ana shunday qonunni qabul qildi. 1998 yil 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 23 moddadan iborat yangi tahriri qabul qilindi. Qonunning 3-moddasi «Vijdon erkinligi huquqi» deb nomlangan. Bu moddada quyidagi qoidalar yozilgan: «Fuqaro o‘zining dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat qilishda diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi». Bu ayni vaqtida belgilangan hayotiy qoidadir. Bu qoidani buzganlik uchun fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 145-moddasiga ko‘ra, eng kam ish haqining 75 barobaridan 100 barobariga miqdorda jarima solish yoki 6 oygacha qamoq, yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qonunning 4-moddasi «Fuqarolarning dinga munosabatidan qat’iy nazar teng huquqliligi» deb nomlangan. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Qonun talabiga ko‘ra, rasmiy hujjatlarda (masalan, fuqaro pasportida) fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolarning dinga munosabatiga qarab huquqlari cheklanmaydi yoki ularga hech qanday imtiyozlar berilmaydi. SHuningdek, bir-biriga nisbatan dushmanlik va adovat ko‘zg‘atish, diniy yoki daxriylik xis-tuyg‘ulari uchun haqoratlash ta’qiqlanadi. Bundan tashqari, mazkur moddada hech kim diniy e’tiqodini ro‘kach qilib qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi mumkin emasligi ham qayd etilgan. Qonunning «Ta’lim tizimi va din» deb atalgan 7-moddasida quyidagilar yozib quyilgan: «O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi dindan ajratilgan. Ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi». Bu qoidani quyidagicha tushunish kerak: Respublikamizda davlat o‘quv yurtlarida diniy ta’lim berilmaydi, ya’ni maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalariga din dars sifatida kiritilmaydi. CHunki, bu o‘quv yurtlari dunyoviy bilimlar beruvchi maskanlardir. Lekin, fuqarolar mutlaqo diniy ta’lim olish huquqiga ega emas, degan ma’no kelib chiqmaydi. O‘zbekiston fuqarolari diniy ta’lim olishlari mumkin. Biroq, bunda albatta, qonunda belgilangan tartibga amal qilish shart. Xo‘sh, bu qonunning tartiblari nimalardan iborat? 4 «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra voyaga etmagan bolalarni ularning ota-oanlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligisiz diniy tashkilotga jalb etish, diniy bilim berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun fuqarolarga umumiy majburiy o‘rta ta’limdan keyin ruxsat etiladi. Bu diniy o‘quv yurtlari albatta davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi lozim. Diniy o‘quv yurtlarida ta’lim beruvchilar albatta, diniy ta’lim olgan bo‘lishlari hamda diniy ta’lim berishga qonunda belgilangan tartibda ruxsat olgan bo‘lishlari lozim. Bu belgilangan qoidalardan boshqa shakllarda diniy ta’lim berish qonun yo‘li bilan man etiladi. Belgilangan tartiblarning buzilishi qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishgacha olib keladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 145-moddasiga ko‘ra voyaga etmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek, ularni ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda diniy bilim berganlar eng kam ish haqining 50 barobaridan 75 barobarigacha miqdorda jarima solinishiga yoki 2 yildan 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari, yohud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Istiqlol yillarida din sohasida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. O‘zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 1995 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida “Bir samo ostida” shiori ostida xalqaro musulmon-xristian konferensiyasi o‘tkazilishi, 1996 yilning noyabrida Rus pravoslav cherkovi Toshkent va Markaziy Osiyo eparxiyasining 125 yilligi tantanalari o‘tkazilishi fikrimizning isbotidir. 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda 16 konfessiyaga (Islom, Rus pravoslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis-lyuteran cherkovi, Arman-apostol cherkovi, To‘liq injil xristianlari, Evangel-xristian baptistlar cherkovi, Novoapostol cherkovi, Ettinchi kun adventistlari, “Golos bojiy”, Iegovo shohidlari, Koreys protestant cherkovlari, YAhudiylik, Bahoiylik, Krishnani anglash jamiyati, Buddaviylik) mansub 2224 ta diniy tashkilot rasman faoliyat olib boradi. Jumladan, 2037 ta masjid, 2 ta markaz, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti, shuningdek, jami 175 ta noislomiy diniy tashkilot, jumladan, Pravoslav va Protestant seminariyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Dunyoviy davlat tushunchasi. Dunyoviy davlat – bu, din davlatdan ajratilgan davlat. Binobarin, din dunyoviy davlat ishiga, siyosatiga aralashmaydi. Ayni paytda, davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘zining hech qanday vazifasini bajarishni yuklamaydi. Ularning davlat qonunlariga zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi. Dunyoviy davlat – bu, o‘z fuqarolari uchun vijdon erkinligini e’lon qiladigan davlat. Bunday davlatning fuqarolari dinga munosabatidan qat’i nazar qonun oldida teng bo‘ladilar. Fuqarolarning dinga qanday munosabatda bo‘lishiga qarab, ular huquqlarining biron bir tarzda cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. SHuningdek, har bir fuqaroga diniy e’tiqodini ro‘kach qilib, davlat qonunida unga nisbatan 5 belgilab qo‘yilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Dunyoviy davlat – bu, biror dinga imtiyoz berilmasligini, barcha diniy tashkilotlarning qonun oldida tengligini e’lon qilgan va uni amalda ham ta’minlaydigan davlatdir. Dunyoviy davlat dinning davtlatga, amaldagi qonunlariga qarshi targ‘ibotiga yo‘l qo‘ymaydi, diniy qarama-qarshiliklar, toqatsizliklarning yuzaga kelishiga ruxsat bermaydi. Dunyoviy davlat – bu, o‘z ta’lim tizimini dindan ajratgan, o‘quv dasturlari diniy fanlardan holi bo‘lgan hamda ta’lim mazmuniga din singdirilmaydigan davlatdir. Ayni paytda, dunyoviy davlat – o‘z fuqarolariga qonunlarda belgilangan tartibda diniy ta’lim olishni ham kafotlatlaydigan davlatdir. Dunyoviy davlatda diniy tashkilotlarning faoliyati davlat hisobidan mablag‘ bilan ta’minlaydi. SHuni alohida ta’kidlash zarurki, dunyoviy davlatda din davlatdan ajratilsada, jamiyatdan ajratilmaydi. Binobarin, davlat Konstitutsiyasida va qonunlari asosida uning amal qilish tartiblari belgilab beriladi. O‘zbekistonda davlat va din munosabati. O‘zbekiston – dunyoviy davlat. Demak, dunyoviy davlatda amal qiladigan davlat va din munosabati tamoyillari O‘zbekistonda ham amal qiladi. Ayni paytda, Respublikamizda davlat va din munosabati masalasida o‘ziga xos jihatlar ham mavjud. O‘zbekistonda ma’naviy hayotning asosini fan yoki din, falsafa yoki ilohiyot tashkil etadimi, degan muammo bugungi kunda ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik. Bu muammoni to‘g‘ri hal etish O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyoti uchun favqulodda muhimdir. O‘zbekiston Konstitutsiyasining umumiy ruhi va respublika rahbariyatining fikrlariga ko‘ra ma’naviyatning asosi fan bo‘lib qolishi kerak. Dinga esa jamiyatning ma’naviy-ahloqiy jihatdan poklanishining bir vositasi sifatida qarash to‘g‘ri bo‘ladi. SHunday qilinganda, birinchidan, vijdon erkinligi to‘g‘risidagi Konstitutsion Qonun amalga oshishi uchun kafolat yuzaga keladi; Ikkinchidan, bir dinning boshqa din, bir e’tiqodning boshqa e’tiqodga nisbatan imtiyozli bo‘lishining oldi olinadi; Uchinchidan, din ma’naviy madaniyatda o‘ziga munosib o‘rin egallaydi; To‘rtinchidan, biron-bir dinning siyosiylashmay, sofligi saqlanadi; Beshinchidan, yoshlarning dindorlikni diniy mutaassiblikdan farqlashga aqllari etadiki, bu o‘z-o‘zidan diniy partiyalar tuzish behuda, zararli ish ekanligini ayon qiladi. O‘zbekiston davlati o‘z fuqarolarining diniy e’tiqodlarini hurmat qiladi. Ayni paytda, dindorlar va diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilab qo‘yilgan quyidagi talablarga ham rioya etishi lozim: - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish; 6 - dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borish, millatlararo adovat uyg‘otish va fuqarolararo totuvlikni buzish vositasi sifatida foydalanmaslik; - diniy tashkilotlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishi; - diniy o‘quv yurtlarida diniy fanlarni o‘qitayotgan shaxslarning diniy ta’lim olgan bo‘lishlari va diniy tashkilot rahbariyati ruxsati bilangina o‘qitish ishlarini olib borishlari; - dindorlardan majburiy pul yig‘imi yig‘maslik va to‘lovlar undirmaslik; - taqiqlangan g‘oyalarni, adabiyotlarni, kino, foto va video mahsulotlarni tarqatmaslik va ishlab chiqarmaslik. O‘zbekiston davlatida yana quyidagilar man etilgan: - diniy mohiyatdagi siyosiy partiya va jamoat harakatlarni tuzish. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida aniq ifoda qilingan. Ayni paytda, Respublikamizda chet davlatlarda tuzilgan diniy partiyalarning bo‘limlari tuzilishi ham ta’qiqlanadi: - terrorchilik, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek, boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalarning faoliyat ko‘rsatishi; - dindorlar va diniy tashkilotlarning davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga tazyiq o‘tkazishi; - yashirin diniy faoliyat bilan shug‘ullanish; - davlat ro‘yxatidan o‘tmagan diniy tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi; - diniy tashkilotlar xizmatchilarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodining ro‘yxati olinishi; - diniy tashkilotlar xizmatchilarining xokimiyat vakillik organlari deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinishi. Qonunning yuqorida qayd etilgan qoidalariga amal qilmagan fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Diniy tashkilotlar faoliyati esa tugatiladi. Davlat va diniy tashkilotlar qonunga og‘ishmay amal qilsalar, jamiyatda siyosiy barqarorlik mustahkam bo‘ladi va fuqarolar totuvliligi to‘la qaror topadi.
Yoshlarning axloqiy tarbiyasini rivojlantirish va axloqiy jihatdan yetuk shaxs sifatida shakllantirish bizning oldimizdagi dolzarb vazifa hisoblanadi. Axloqiy tarbiya shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo’lgan munosabatlarida foydalanishi, o’z – o'zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni o’z ichiga oladi. Demak, axloqiy tarbiya masalasiga e’tibor berishimiz va uning elementlarini aniqlab olishimiz muhimdir. Axloqiy jihatdan yetuk tarbiyalangan shaxs axloqiy madaniyatga ham ega bo’ladi. Axloqiy madaniyat axloqiy hayotning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va kishilarni tarbiyalash maqsadidagi ishlov berib yaratilgan qismi bo’lib, u axloqiy hayotning substansiyasi, ya’ni asosi hisoblanadi. Axloqiy madaniyatni substansiya sifatida tashkil etuvchi substansional elementlar, birinchidan, axloqiy madaniyat sifatidagi inson, ikkinchidan, insonlarning axloqiy extiyojlari, uchinchidan, axloqiy ehtiyojlarni anglash zaruriyatidan kelib chiqadigan va axloqiy maqsad, reja kabilarni o’z ichiga olgan – axloqiy ong, to’rtinchidan, insonning yaratuvchilik faoliyatining bir ko’rinishi axloqiy anglash negizida va u bilan parallel ravishda amalga oshadigan – axloqiy ijodkorlik, beshinchidan, axloqiy ijodkorlik natijalari bo’lgan o’gitlar, yurish – turish odoblari, axloqiy urf – odat va muassasalar, oltinchidan, axloqiy ijodkorlik natijalarining hayotda foydalanishidan iborat. Ularning bir butunligidan axloqiy turmush tarzi, individual axloqiy munosabatlar, axloqiy tendensiyalar va xulq shakllanadi. Demak, axloqiy madaniyatning yuqorida ko’rsatilgan sistema tashkil etuvchi oltita komponentlari axloqiy hayotning yadroviy, ya’ni markaziy qismini tashkil etadi. Axloqiy madaniyatning sistemasini tashkil etuvchi bosh substansional elementini tahlil qiladigan bo’lsak, B.Sh.Mamarasulov: “...barcha jamiyatlar va insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida, ijtimoiy o’zgarishlar zamirida boshqa jonzotlardan o’zining ongi va tafakkuri bilan tubdan farq qiladigan va maqsadga muvofiq faoliyatni amalga oshiradigan inson ijtimoiy hayot sub’yekti hisoblanadi”1 . “Inson” so’zi arabchadan olingan bo’lib, “odam” ma’nosini bildiradi. “Odam” tushunchasi ham arabcha so’z bo’lib, fikrlash, so’zlash va mehnat kilish kobiliyatiga ega bo’lgan, shu tufayli hamma maxlukotdan ustun turuvchi jonli zot ma’nolarini bildiradi2 . Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, yosh avlodni axloqiy tarbiyalash masalalari azaldan Sharq xalqlari, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari tajribasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ayniqsa, ko’plab mutafakkirlarimiz asarlarida xalkimizning murakkab tarixiy – madaniy tajribasi mobaynida yuz bergan vokea – hodisalar mohiyatini jamiyatning ilk bo’g’ini bo’lgan oiladan izlash an’anasini uchratamiz. Xususan, oila va oilaviy tarbiyaga oid fikrlar Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abu Rayxon Beruniyning “ “Mineralogiya ”, “Geodeziya”, “Hindiston”, “O’tgan avlodlar obidalari”, Abu Ali ibn Sinoning “Axloq”, “Axloq fani”, “Oila xo’jaligi”, Alisher Navoiyning “Hayrat – ul – abror” va “Mahbub – ul – qulub” asarlarida o’z ifodasini topgan. Millatimiz boshiga tushgan ko’pgina achchiq qismatlar dastavval oila tarbiyasidagi kamchiliklar oqibati ekanini ma’rifat ahllari yaxshi anglashgan. Bizning ham fikrimizcha, bundan xolos bo’lishda oila tarbiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Fitratning “Oila yoki oilani boshqarish tarbiyalari” asarida bu haqda ibratli mulohazalar ilgari suriladi. “Har bir millatning saodati va izzati, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq” – deb yozadi u, tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qaerda oila mustaqilligi kuchli intizom va tarbiyaga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo’ladi” 3 . Yuqoridagi fikrimziga qaytadigan bo’lsak, inson o’z hayotini oilasiz tasavvur qila olmaydi va aynan mana shu oilada u jamiyat a’zosi sifatida tarbiya topadi. Oiladagi tarbiya muhiti esa oilada ayol va unga bo’lgan muomala darajasidan, ayolga muomala mavqeidan bilinadi. Muborak hadislarda ham ayol, ona ulug’langanligini hammamiz yaxshi bilamiz. “Sizlarning har biringiz ayollaringizni o’zlaringizni sevganday sevinglar”4 deyilgani bejiz emas. Demak, oilada yoshlar tarbiyasi haqida gap borganda, oilaviy muhitning ahamiyatini unutmaslik zarurdir. G’arbni kamsitmagan holda ishonch bilan ayta olamizki, azaldan Sharq oilasi G’arb oilasiga qaraganda mustahkamroq bo’lib kelgan. Chunki G’arbda birinchi o’rinda huquq tursa, Sharqda axloq turadi. G’arbda individualizm ustuvor bo’lsa, Sharqda jamoaviylik ustuvor bo’lib kelgan. Bizda har bir ishni qilishdan oldin, u tadbir bo’ladimi, kiyinish bo’ladimi, shaxsiy muloqotlar bo’ladimi “odamlar nima der ekan ?”, degan savol bilan yondoshilgan. Qolaversa, Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” asari qahramoni Yusufbek xojining: “Bu xonadondan hech kim norizo bo’lib ketgan emas”, degan so’zlarida Sharqona oilaning mohiyati aks etgan5 . Sharq oilasining bir qismi bo’lgan o’zbek oilalarida o’zaro hurmat, qat’iy ichki intizom asosida barcha a’zolarning o’z burch va vazifalarini ado etishlari, bir – birlariga nisbatan ezgulik va mehr – oqibat ko’rsatishlari an’anaga aylangan. Milliy g’oyani yoshlar ongiga singdirishdan asosiy maqsad, ularning ona Vatan oldidagi burchi, o’z taqdiri uchun ma’sul ekanligi, mahalla, mehnat jamoasi, oila va yaqin kishilar hayoti uchun javobgarlik hissini tarbiyalashdan iborat. Oila ta’lim – tarbiya maskani bo’lib, milliy g’oya va ma’naviyatni yoshlar ongi va qalbiga singdirish aynan oiladan boshlanadi.Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi va bu jarayon yuksak ma’naviyatlilikni talab etadi. Mustaqillik yoshlar kamolotida yangicha talablar ham qo’ydi. Har qachongidan ko’ra ko’prok ichki va tashqi go’zallikning axloq bilan birlashuviga ahamiyat kuchaydi. Yoshlardagi faqat tashqi ko’rinish estetik madaniyatning yaxshi bo’lishiga olib kelmasligi, balki ulardan axloqan pokiza, ma’naviy dunyosi boy, saxovatli, iymonli, muomala madaniyati yuksak bo’lishi kabi umuminsoniy axloqiy qadriyatlar talab etila boshlandi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab ma’naviy sohalarda ham islohotlar olib borish zaruriyati nazarda tutildi. “Biz uchun, - degan edi O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov, “…ma’naviy, tarixiy va madaniy qadriyatlar, aholining ma’naviy, axloqiy holati, yosh avlodni tarbiyalash eng asosiy ustuvor vazifa bo’lishi lozim”. Binobarin sog’lom avlod tarbiyasi faqat jismoniy jihatdan chiniqqan, kamol topgan yoshlarnigina emas, shuningdek, sharqona axloq – odob va umumbashariy ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiya topgan insonni ham ko’zda tutmog’i lozim. Zero, buyuk alloma A. Avloniy aytganidek: “tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo saodat, yo falokat masalasidir”6 . Hayotga ongli munosabatda bo’ladigan, mustaqillik g’oyalari va maqsadlaridan faxrlanadigan inson turmushi va faoliyatida estetik zavq, ulug’vorlik shakllanadi va taraqqiy etadi. Shuning uchun O’zbekiston mustaqillikka erishgach, islohotlarni keng ko’lamda isiyosiy, iqtisodiy va ma’naviy jabhalarda avj oldirib yuborgan ekan, bu islohotlar negizini uch ming yillik davlatchilik tariximiz, ma’naviy merosimiz va milliy mentalitetimiz xususiyatlari tashkil qildi va uni og’ishmay amalga oshira boshladi.

Xulosa
Dunyoviy davlat – bu, din davlatdan ajratilgan davlat. Binobarin, din dunyoviy davlat ishiga, siyosatiga aralashmaydi. Ayni paytda, davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘zining hech qanday vazifasini bajarishni yuklamaydi. Ularning davlat qonunlariga zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi. Dunyoviy davlat – bu, o‘z fuqarolari uchun vijdon erkinligini e’lon qiladigan davlat. Bunday davlatning fuqarolari dinga munosabatidan qat’i nazar qonun oldida teng bo‘ladilar. Fuqarolarning dinga qanday munosabatda bo‘lishiga qarab, ular huquqlarining biron bir tarzda cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. SHuningdek, har bir fuqaroga diniy e’tiqodini ro‘kach qilib, davlat qonunida unga nisbatan 5 belgilab qo‘yilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Dunyoviy davlat – bu, biror dinga imtiyoz berilmasligini, barcha diniy tashkilotlarning qonun oldida tengligini e’lon qilgan va uni amalda ham ta’minlaydigan davlatdir.



Foydalanilgan adabiyotlar
1. Hillary Rodrigues, John S. Harding. Introduction to the study of religion. — USA, Routledge, 2009.
2. Dinshunoslik asoslari (o‘quv qo‘llanma) / Mualliflar jamoasi. — Т.: «Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa birlashmasi», 2013.
3. Agzamxodjayev S., Rahimjonov D., Muhamedov N., Najmiddinov J. Dunyo dinlari tarixi (o‘quv qo‘llanma). - Т.: «Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi», 2011.
4. Mo‘minov A., Yo‘ldoshxo‘jayev H., Rahimjonov D. va boshqalar. Dinshunoslik: darslik / Mas’ul muharrir N.Ibrohimov. - Toshkent: Mehnat, 2004.
5. Valiyev B., Rasulov A. Din psixologiyasini o‘qitishning innovatsion metodlari. — Т.: «Yangi asr avlodi», 2013.
6. Din psixologiyasi: o‘quv qo'llanma / B.Valiyev va boshqalar. — Т.: «Movarounnahr», 2014.
7. Rasulov A., Tursunov L. Din psixologiyasidan praktikum. — T:. «Movarounnahr», 2016.
Yüklə 57,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin