1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana


Dars jarayoni va texnologiyasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə288/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Dars jarayoni va texnologiyasi

Dars bosqichi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning bir va ikki xonalai sonlar haqida egallagan bilimlarini boyitib borish, 20 sonining tarkibi haqida tushuncha berish, ikki xonali sonlarni xona birliklariga ajrata olish.

2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

“Quvnoq vagonlar’ o`yini o`ynatiladi. Bunda 11 dan 20 gacha bo`lgan sonlar sinf doskasiga ilinbgan bo`lib vagonlarda tartibsiz joylashtirilgan bo`ladi. O`quvchilar vagonlar ustidagi sonlarni o`zaro qoshadilar va har bir vagonni o`z o`rniga qo`yadilar. Vagonlar o`yini davom etadi. O`quvchilar navbatdagi vagonlarni ham o`z o`rniga qo`yadilar.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.

O`qituvchi yangi mavzuni o`quvchilarga ekran orqali yoki ko`rgazmalar orqali tushuntirib beradi. O`nta birlik bitta o`nlik bo`lishi ekranda sanoq cho`plar orqali tushuntiriladi. Agar o`quvchilarning o`zlarida sanoq cho`plari bo`lsa, har biri o`zining partasida bajarib ko`rishlari mumkin. Ikkita o`nlikning hosil bo`lishi ekran orqali tushuntiriladi. Unda ikkita o`nlik va no`lta birlik borligi tushuntiriladi.

Darslikadi 1-topshiriq og`zaki savol-javob orqali bajariladi.

20 sonining hosil qilinishi va tarkibi tushuntiriladi.Sanoq choplar orqali va turli xil ko`rgazmalardan foydalanib sonlar hosil qilinadi.

10+10=20 19+1=20 15+5=20

20 soni ichida ikkita o`nlik bor..

1-misol

10+10=20 20-10=10

O`tilgan mavzularni mustahkamlash uchun “Tipratikan’ trenajyori beriladi.

IV. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi.

2-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Masala ishlash orqali o`quvchilarni mehnatsevarlikka undab boriladi.

Bor edi- 20 ta

Sotildi- 10 ta

Qoldi- ? ta

Yechish: 20-10=10 (ta)

Javob:10 ta televizor qoldi..

3-misol og`zaki bajariladi.

19+1=20 20-1=19

4-masalanins sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqwa shart tuziladi va yechimi topiladi.

1-poyezdda- 19 ta Yechish:

2-poyezdda- ?, 1 ta ortiq 19+1=20 (ta)

Javob: 2-poyezdda 20 ta vagon bor

5-misol o`yin tariqasida bajariladi.

19+1-10+9+1=20

6-misol daftarda va doskada bajariladi.

20>19 19=19 19<20 20=20

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. So`ng “Uycha” trenajyori orqali o`tilgan mavzu mustahkamlanadi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 102-betidagi 7-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi..

.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

102-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin