1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana


Dars jarayoni va texnologiyasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə291/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Dars jarayoni va texnologiyasi

Dars bosqichi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning bir va ikki xonalai sonlar haqida egallagan bilimlarini boyitib borish, 20 sonining tarkibi haqida tushuncha berish, ikki xonali sonlarni xona birliklariga ajrata olish.

2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

O`qituvchi o`tilgan mavzuni o`quvchilarga ekran orqali yoki ko`rgazmalar orqali tushuntirib beradi. O`nta birlik bitta o`nlik bo`lishi ekranda sanoq cho`plar orqali tushuntiriladi. Agar o`quvchilarning o`zlarida sanoq cho`plari bo`lsa, har biri o`zining partasida bajarib ko`rishlari mumkin. Ikkita o`nlikning hosil bo`lishi ekran orqali tushuntiriladi. Unda ikkita o`nlik va no`lta birlik borligi tushuntiriladi.

20 sonining hosil qilinishi va tarkibi tushuntiriladi.Sanoq choplar orqali va turli xil ko`rgazmalardan foydalanib sonlar hosil qilinadi.

10+10=20 19+1=20 15+5=20

20 soni ichida ikkita o`nlik bor

O`tilgan mavzularni mustahkamlash uchun “Tipratikan’ trenajyori beriladi.

III. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi.

8-misol jadval asosida o`quvchilar bilan o`rganilgan mavzular mustahkamlanadi.

10+9=19 10+5=15 10+6=16 10+7=17 10+8=18 10+10=20

9-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Masala ishlash orqali o`quvchilarni mehnatsevarlikka, qushlarni sevishga va ularni parvarish qilishga undab boriladi.

Akbarda- 10 ta

Salimda- shuncha

Ikkalasida- ? ta

Yechish: 10+10=20 (ta)

Javob:Ikkalasida 20 ta kanareyka bor.

10-misol doskada va daftarda bajariladi.

12=10+2 14=10+4 19=10+9 13=10+3 15=10+5 16=10+6 17=10+7 18=10+8 20=10+10

11-masalanins sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi.

Bor edi -10 ta Yechish:

Qo`yildi- 8 ta 10+9=19 (ta)

Bo`ldi-? ta Javob: Oshxonada 19 ta stol bo`ldi.

12-misolda berilgan chizmada nechtadan uchburchak borligi aniqlanadi.






Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. So`ng “Uycha” trenajyori orqali o`tilgan mavzu mustahkamlanadi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 103-betidagi 13-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi..

.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

103-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin