1-dars Mavzu: 7-sinfda o‘tilganlarni takrorlash Darsning ilmiy maqsadi


-dars Mavzu: To`g`ri to`rtburchak va uning xossalari



Yüklə 39,63 Mb.
səhifə9/71
tarix12.09.2023
ölçüsü39,63 Mb.
#142858
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
8-s. geom. Umumiy

6-dars
Mavzu: To`g`ri to`rtburchak va uning xossalari
Darsning ilmiy maqsadi: To`g`ri to`rtburchak va uning xossalari
Mavzu bo`yicha DTS talablari asosida tushuncha berish nazariy olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq qilish, o`quvchilar bilimini mustaxkamlash, mustaqil fikrlashga o`rgatish. Darsning ilmiyligiga e`tabor berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Dars davomida ahloqiy ishlarni olib boorish, o`quvchilarni jamoa guruh bo`lib ishlashga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni axloqiy sezuvchanligini oshirish, matematikk bilimlarini mavzu bo`yicha olgan bilimlari bilan rivojlantirib boorish.
Tayanch kompetensiyalar:Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: o‘quvchilar to‘g‘ri to‘rtburchak vauning xossalari haqidagi tushunchaga to‘liq ega bo‘lishlari va matematika har bir insonning kundalik hayotda uchraydigan muammolarni hal qilish vositasi ekanligini tushunish.
Dars uslubi : Aralash , suhbat
Dars jihozi: O`quv qo`llanma, turli hil plakat va tarqatma testlar


Tashkiliy qism: 1) Salomlashish 2) O`quvchilar davomatini aniqlash
3) Uy vazifasini tekshirish
O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Parallelogrammning: 1) hamma burchaklari o‘tkir bo‘lishi mumkinmi? 2) burchaklaridan faqat bittasi to‘g‘ri bo‘lishi mumkinmi?


Yangi mavzu bayoni:
Ta'rif. Hamma burchaklari to‘g‘ri bo‘lgan parallelogramm to‘g‘ri to‘rtburchak deb ataladi (31- a rasm).
To‘g‘ri to‘rtburchak parallelogrammning xususiy holi bo‘lgani uchun, u parallelogrammning barcha xossalariga ega bo‘ladi: to‘g‘ri to‘rtburchakning qarama-qarsi tomonlari teng; diagonallari kesishish nuqtasida teng ikkiga bo‘linadi; to‘g‘ri to‘rtburchakning diagonali uni ikkita teng to‘g‘ri burchakli uchburchakka ajratadi. To‘g‘ri to‘rtburchakning o‘ziga xos xossasini ko‘rib chiqamiz.
Teorema.To‘g‘ri to‘rtburchakning diagonallari o‘zaro teng.
Isbot.ABCD to‘g‘ri to‘rtburchak berilgan bo‘lsin. AC = BD bo‘lishini isbot qilamiz (31- b rasm).
T o‘g‘ri burchakli ACD va DBA uchburchaklar ikki katetiga (AD -- umumiy tomon, CD = BA) ko‘ra teng. Bundan, bu uchburchaklar gipotenuzalarining tengligi, ya'ni AC = BD kelib chiqadi.
B u teoremadan quyidagi teskari teorema kelib chiqadi. Agar parallelogrammning diagonallari teng bo‘lsa, u to‘g‘ri to‘rtburchakdir.

Yüklə 39,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin