10.V.Vundtning eksperimental psixologiyani fan sifatida rivojlanishidagi o’rni Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundtning (1832-1920) ishlari katta ahamiyatga ega. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o‘z-o‘zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina ijtimoiy fan edi.Vundt eksperiment va o‘lchash metodlarini zarur deb topib, psixologiyani eksperimental fanga aylantirishni maqsad qilib qo‘ydi.Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo‘lib qolgan bir qancha metodlarni, ya’ni kuzatish metodi, ifodalash metodi va reaksiya metodlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi. Vundt 1879-yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi.
Vundt shug‘ullangan masalalardan biri o‘sha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita har xil qo‘zg‘atuvchiga to‘plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861—yilda alohida mayatnik o‘ylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo‘lingan yoy atrofida harakatlanadi va har bir ma’lum vaqtdan keyin shig’irlaydi. Bu psixologik eksperimentlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi.Ilmiy psixologiyani rivojlantirish uchun Vundt qo‘shimcha vosita sifatida turdosh fanlar, ayniqsa fiziologiya, astronomiya, geografiya,tarix va boshqa fanlardan olingan ma’lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi.Leypsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib, Germaniyaning boshqa shaharlarida ham, shuningdek boshqa mamiakatlarda ham, jumladan, Fransiya, Angliya va Amerikada laboratoriya hamda institutlar tashkil qilindi. XIX asming oxirida Rossiyada ham bir
qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi:Moskvada Tokarskiy, Qozonda - Bexterev, Odessada N.N.Lengerlar tomonidan shunday laboratoriya ochildi. 1911—yilda Moskva universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi.