1. Fan va uning tarixi Fanning vazifasi, predmeti va ahamiyati



Yüklə 35,46 Kb.
səhifə7/9
tarix26.09.2023
ölçüsü35,46 Kb.
#148685
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1.Kirish

Qiyosiy-tarixiy usul - bilish faoliyatida tadbiq qilinadigan muhim usul bo`lib, bilimlarning shakllanishi, rivojlanishida alohida bir bosqichdir. Ob’yektiv reallikdagi narsa va hodisalarni "qayta o`rganish" jarayonida ma’lum bo`lgan bilimlar bilish amali bajarilayotgan vaqtda olingan bilimlar bilan taqqoslanadi. Izlanuvchi avvalgi ma’lum bilimlarga tayangan holda izlanayotgan ob’yektga xos bo`lgan o`xshash va farqli tomonlarni taqqoslash orqali aniqlaydi. Taqqoslash bir narsa yoki hodisaning ikkinchi bir narsa yoki hodisadan farqli va o`xshash tomonlarini hamda ularning munosabatlarini o`rganish usuli hisoblanadi. Qiyosiy-tarixiy usuldan foydalanish davlat va huquq rivojlanishining bir vaqtning o`zida yoki turli tarixiy bosqichlarda, lekin turli mamlakatlardagi ba’zi umumiy qonuniyatlarini va mos tushadigan belgilarini aniqlashga imkon beradi. Boshqacha qilib aytganda, qiyosiy-tarixiy usul ayrim mamlakatlarning davlat-huquqiy qurilishidagi umumiy va o`ziga xos tomonlarini bilish va shu asosda davlat va huquq taraqqiyoti qonuniyatlarini ta’riflash va aniqlash imkoniyatini beradi. Chunonchi, turli mamlakatlarda davlat va huquqning paydo bo`lish jarayonlarini bir-biriga taqqoslab, turli xalqlarda bu jarayonning umumiy qonuniyatlari va o`ziga xos tomonlari borligini bilib olamiz.
Davlat va huquq tarixini o`rganishda ayniqsa muayyan-tarixiy yondashuv usuli katta ahamiyatga ega. Bu davlat va huquqqa ularning o`ziga xos va takrorlanmas sharoitlarda vujudga kelishi va rivojlanishini, qator hollarda esa u yoki bu davlat yoki huquqiy tizimning noyobligini ko`rib chiqishni nazarda tutadi.
Statistik usuldan tarixiy jarayonning son-miqdor tomonlarini tadqiq qilishda, aniqrog`i, o`rganish ob’yekti ko`pdan-ko`p son ko`rsatkichlaridan iborat bo`lgan vaqtda foydalaniladi. Tadqiqotning bu usulidan foydalanish muhim masalalarni aniqlashda juda qo`l keladi. Masalan, rivojlanishning uzoqqa cho`zilganligini, keng tarqalganligini, sur’atlarini va boshqa ko`p tomonlarini statistik usul asosida o`rganish yaxshi natijalar beradi. Statistik usul tadqiqotchiga tasodifiy hodisalardan eng zarurlarini ajratib olishga, ommaviy hodisalar bilan bog`liq ma’lum jarayonlarning qonuniyligini aniqlashga yordam beradi va hokazo.
Davlat va huquq tarixini o`rganishga yuqorida ko`rsatilgan tadqiqot usullarining hammasidan foydalangan holda kompleks yondashish fanning mohiyatini to`liq ochishga yordam beradi.

Yüklə 35,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin