1. Fan va uning tarixi Fanning vazifasi, predmeti va ahamiyati



Yüklə 35,46 Kb.
səhifə6/9
tarix26.09.2023
ölçüsü35,46 Kb.
#148685
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1.Kirish

Deduksiya esa umumiylikdan xususiylikka olib boruvchi mantiqiy usuldir. Fandagi nazariyalar deduktiv usul natijasida yuzaga keladi. Bu usul asosan daliliy materiallar to`plash natijasida ularni chuqur o`rganish, tizimga solishda qo`llaniladi. Deduktiv usul turli shakllar: aksio-matik, gipotetik-deduktiv usul shaklida uchraydi. Deduktiv usul aqliy xulosa chiqarishning barcha shakllari bilan, birinchi navbatda, induksiya bilan bog`langandir. Induktiv va deduktiv usullar bir-biri bilan dialektik bog`liq bo`lib, bir-birini to`ldiradi. Shuning uchun ularni bir-biriga qarama-qarshi qo`yish yoki ajratib qarash aslo mumkin emas.
Analogiya (moslik, aynanlik, o`xshashlik) usulida davlat va huquq rivojlanishining turli mamlakatlardagi biror xususiyatlarining o`xshashligini o`rganamiz. Bu usul yordamida ikki yoki bir necha mamlakatning ayrim olingan davrda yoki turli rivojlanish bosqichlaridagi davlati va huquqi rivojlanishining o`xshash xususiyatlari o`rganiladi.
Tarixiylik va mantiqiylik davlat va huquq taraqqiyoti jarayonining muhim xususiyatlarini bilish usullaridir. Tarixiylik usuli davlat va huquqning kelib chiqishi va rivojlanib borishi aniq vaqtini, davrini bilish usulidir. Har bir davlat-huquqiy hodisani tarixiy nuqtai nazardan, aniq tajriba asosiga bog`lab o`rganmoq zarur. Tarixiylik usulining o`ziga xos xususiyati tarixiy harakatni uning butun boyligi bilan payqab olishga intilishdir. Davlat va huquq tarixini ochib berish uning taraqqiyotidagi asosiy tarixiy bosqichlar, ularning sabab-oqibat aloqalarini ajratib ko`rsatishni talab qiladi. Buning uchun esa uning mohiyati haqida nazariy bilim bo`lishi kerak.
Mantiqiylik usuli predmetning nazariy shaklda tadqiq qilish usuli hisoblanadi. U tadqiqot ob’yektining eng muhim aloqalarini bilib olishga imkon beradi.
Mantiqiy bilish usuli davlat va huquqning tarixan ob’yektiv real mavjudligini, ularning o`zaro aloqalarining butun rang-barangligini aks ettirish vazifasini bajaradi. Tafakkur uslubi orqali vujudga kelgan nazariy bilimlar nisbatan tugallangan bilimlar tizimi bo`lib, o`z taraqqiyoti jarayonida o`zgarib boradi. Mantiqiy tafakkur uslubida ko`r-ko`rona harakat bo`lmaydi, balki bilimlar umumlashtiriladi, bu uslub ayniqsa tarixiylikni tasodifiy chetlashishlardan saqlaydi.
Tadqiqotning tarixiylik va mantiqiylik usullari – o`zaro dialektik bog`lanishda. Tarixiylik va mantiqiylik dialektik birlikda aniq tarixiy bilimlar asosida davlat va huquq tarixining asosiy yo`nalishlari va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash mumkinligini ta’kidlaydi.
Biz yuqorida davlat va huquq tarixini o`rganishda qo`llaniladigan ba’zi umumiy usullarnigina ko`rib chiqdik xolos. Zero, davlat va huquq tarixini tadqiq qilishda kuzatish, o`lchash, abstraksiya (mavhum tasavvur), modellashtirish, aniqlik, tasavvur, aksiomatik va boshqa umumiy falsafiy usullar ham qo`llanilishi mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, bu usullar boshqa fanlar uchun ham tekshirishning umumiy usullari bo`lib hisoblanadi.
Yuqoridagilardan tashqari, davlat va huquq tarixini o`rganishda juda muhim bo`lgan ayrim xususiy tadqiqot usullari ham mavjud bo`lib, ular ustida alohida to`xtab o`tish kerak.
Hozirgi zamon ilmiy bilish jarayonida keng qo`llaniladigan usul – tizimlash usulidir. U murakkab ob’yektlarni ilmiy bilishda qo`llaniladi. Tizimlash usuli muayyan tarzda o`zaro bog`langan va bir qadar yaxlitlikni tashkil etadigan unsurlar majmuini o`rganishni o`z ichiga oladi. Mazkur usul asosida o`rganilayotgan yoki izlanilayotgan ob’yektning boshqa ob’yekt bilan umumiy bog`lanishlari, munosabatlari ochiladi. Har bir tadqiqot ob’yekti va uni tashkil etuvchi unsurlar bir butun tizim deb olinsa, shu tizimni tashkil etuvchi har bir unsur bir-biri bilan o`zining tutgan o`rni, vaqti va imkoniyatlariga ko`ra funksional bog`langan. Bu unsurlardan birining o`zgarishi ikkinchisining ham o`zgarishiga olib keladi. Shuning uchun ham ularni o`rganish tizimlash usuliga asoslanadi. Har bir tizimni o`rganishda uni boshqa tizimlar bilan birgalikda olib qarash kerak. Lekin bu tizimlarni birdaniga, bir vaqtda bilish mumkin emas, lekin ularni bilish, bir-biridan ajratish, o`zaro bog`liqlikda olib qarash mumkin. Demak, davlat va huquq o`z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridanoq ancha murakkab ijtimoiy qurilmalar bo`lgan ekan, tarixiy-huquqiy izlanishlarda ularni tizimlash yo`li bilan tahlil qilish samarali uslubdir. Zero, bu uslub yordamida davlat va huquqning o`zaro bog`liq murakkab butun tuzilishidan uning alohida, o`ziga xos, takrorlanmas, shuningdek, umumiy xususiyatlarga ega bo`lgan tarkibiy qismlarini ajratib olish mumkin bo`ladi.

Yüklə 35,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin