1. Fan va uning tarixi Fanning vazifasi, predmeti va ahamiyati


Qadimgi Sharq mamlakatlarida davlat va huquq



Yüklə 35,46 Kb.
səhifə9/9
tarix26.09.2023
ölçüsü35,46 Kb.
#148685
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1.Kirish

6.Qadimgi Sharq mamlakatlarida davlat va huquq
rivojlanishining xususiyatlari
Sharq tushunchasi tarix fanida nafaqat geografik ma’noda, balki tarixiy-madaniy, sivilizatsiya jihatlari bilan ham ishlatiladi. Butun dunyo tarixida Sharqning tutgan o`rniga yetarli baho bermaslik aslo mumkin emas. Xuddi Sharqda ibtidoiy jamoa tuzumi birinchi marta buzila boshlangan. Kishilik jamiyati rivojlanishidagi eng muhim ijtimoiy va siyosiy institutlar, davlat, huquq, jahon dini ilk bor aynan Sharqda vujudga kelgan. Eng qadimgi yozuv tizimlari ham dastlab Sharqda paydo bo`lgan.
Sharqdagi asosiy mamlakatlar (Ikki daryo oralig`i, Misr, Hindiston, Xitoy), keyinchalik esa boshqa mamlakatlar ham o`zlarining geografik qulay joyda joylashganliklaridan juda barvaqt foydalana boshlaganlar. Dastavval Sharqda - hududning asosiy qismi katta-katta daryolar (Dajla, Frot, Nil, Hind, Gang, Xuanxe va boshqalar) vodiylarida va faqat uzoq chekkadagina tog` tizmalari va yassi tog`liklar tashkil qilgan mamlakatlarda davlatchilikka o`tish ro`y bergan
1. Qadimgi Sharq davlatlari insoniyat tarixidagi dastlabki va eng qadimgi davlatlar bo`lgan. Bu yerda eng qadimgi shahar-davlatlar jamoa-urug`chilik tashkilotlarining yemirilishi natijasida miloddan avvalgi IV-III yilliklardayoq paydo bo`lgan. Ular mehnat taqsimotining kuchayishi, boshqaruvchilik funksiyalarining murakkablashuvi, shu bilan birga, bu funksiyalarni bajaruvchi shaxslarning ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan va jamoa tepasida turuvchi oqsuyaklar tabaqasiga aylanishi natijasida tashkil topgan. Sharqda davlat ayrim olimlar e’tirof etganidek, qullar va quldorlar sinfining paydo bo`lishi natijasida tashkil topmagan.
2. Bizga ma’lumki, Sharq davlatlari odatda daryolar havzalarida, masalan, Misr Nil daryosi havzasida, Xitoy Xuanxe, Bobil Frot va Dajla, Hindiston Hind va Jamna daryolari havzalarida tashkil topgan. Bu davlatlar hududida dehqonchilik qilish esa botqoqliklarni quritish, irrigatsiya inshootlarini qurish asosida olib borilgan.
3. Sharq quldorchiligi asosan patriarxal quldorchilik bo`lib, uncha rivojlanmagan, antik dunyo mamlakatlaridagi singari klassik shaklga ega bo`lmagan. Bu yerda qullar o`z oilalariga, hatto ayrim mulklariga ega bo`lganlar, qullarning mehnatidan ko`proq uy yumushlari va xo`jaligida, saroydagi turli past lavozimlarda foydalanilgan. Qadimgi Hindistonda xo`jayinning qullarga nisbatan o`zboshimchaliklarini cheklashga qaratilgan davlat qonunchiligi bo`lgan.
4. Sharq mamlakatlari ijtimoiy tuzumi o`zining tabaqalashganligi, darajalanganligi, ayirmaliligi, pog`onama-pog`onaliligi bilan ham ajralib turadi. Masalan, Bobilda hukmron tabaqalarning o`zi ham ikkiga (avilium va mushkenuga) bo`lingan yoki Hindistonda kastali (toifali) tuzum mavjud bo`lib, ozod aholining o`zi braxmanlar, kshatriylar, vayshiylar va shudralar deb ataluvchi toifalarga ajratilgan hamda ularning huquqiy holati turlicha belgilangan. Ko`p ukladli ishlab chiqarishga asoslangan xo`jalik hayotining tuzilishi qadimgi Sharq jamiyatlarining ijtimoiy tarkibi juda rang-barang, xilma-xil bo`lishini belgilagan. Ulardagi barcha aholi qatlamlarini jamiyatda tutgan o`rniga, shug`ullanadigan mashg`ulotiga, bir-biriga o`zaro bog`liqlik darajasiga va shu kabilarga qarab umuman quyidagicha uch guruhga ajratish mumkin: 1) ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo`lgan va qaramlik holatida turgan turli toifadagi shaxslar, jumladan qullar ham; 2) erkin mayda ishlab chiqaruvchilar - o`z mehnatlari evaziga yashovchi jamoachi-dehqonlar va hunarmandlar; 3) hukmron ijtimoiy tabaqa saroy va xizmatchi zodagonlar, armiyaning qo`mondonlik tarkibi, dehqonchilik jamoalarining boy yuqori qismi va boshqalar.
5. Qadimgi Sharq jamiyatlarining muhim xususiyatlaridan biri ularning an’anaviyligidadir. Sharq mamlakatlaridagi barqaror ko`pukladlilik, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy shakllarning va institutlarning, hukmron diniy mafkuraning tarixan meros bo`lib o`tishligi qadimgi Sharq jamiyatlarining an’anaviylik xarakterga ega bo`lganligini ko`rsatadi. Buni uzoq vaqt hukm surgan qadimgi Hindiston va qadimgi Xitoy tarixi misolida yaqqol ko`rish mumkin. Ularning mustahkam va o`zgarmas g`oyaviy-diniy yo`l-yo`riqlar bilan muqaddaslashtirilgan ijtimoiy-siyosiy tuzumi va huquqiy tizimi fikrimizning dalilidir.
6. Sharq mamlakatlari o`zining davlat tuzumi bo`yicha ham antik dunyo mamlakatlaridan farq qilgan. Qadimgi Sharq davlatlari tashkil topgan vaqtdan boshlaboq despotik shakldagi davlatlar bo`lgan. Bunga ko`ra, davlat boshlig`i – despot (podsho, fir’avn) hokimiyati cheklanmagan bo`lib, uning qo`lida ijtimoiy hokimiyatning hamma tarkibiy elementlari – oliy qonun chiqarish, ijro etuvchi, sud va harbiy hokimiyat to`plangan.
7. Sharq mamlakatlari o`zining huquq tizimi bo`yicha ham antik dunyo mamlakatlaridan farq qilgan. Avvalo shuni aytish kerakki, Sharq mamlakatlari huquqi insoniyat tarixidagi dastlabki huquq tizimlaridandir. Shu bois unda ibtidoiy jamoa tuzumining ko`pgina qoldiqlari va sarqitlari ancha vaqtgacha chuqur saqlanib qolgan. Unda hali qasos olish odatining izlari saqlangan, jazo tizimida jamoaviy javobgarlik, ya’ni bir kishining jinoyati uchun oila a’zolarining, urug`doshlarning javobgarligi, jazo tayinlashda talioniya, ya’ni "ko`zga-ko`z, tishga-tish" tamoyili, sud yuritish ishlarida ordaliya - sinab ko`rish mavjud bo`lgan. Bundan tashqari, qadimgi Sharq qonunlarida huquq ma’lum tarmoqlar bo`yicha bo`linib ishlanmagan. Unda moddiy va protsessual me’yorlar qo`shilib ketgan. Antik davlatlarda esa buning aksini ko`rish mumkin. Ayniqsa, tovar-pul munosabatlari ancha rivojlangan sharoitda tashkil topgan Rim quldorlik davlatida fuqarolik, nikoh-oila hamda jinoyat huquqlari mukammal ishlab chiqildiki, Rim huquqi Rim davlatidan keyin ham uzoq yashab, boshqa ko`p davlatlar huquqiga juda katta ta’sir ko`rsatdi.
Qadimgi Sharq davlati va huquqi tarixini alohida mamlakatlar bo`yicha o`rganish umumiy taraqqiyot yo`lini ham, mahalliy ayirmalarni ham aniqlashga yordam beradi; bu ayirmalar o`zining xilma-xilligiga qaramay, tarixiy jarayon qonuniyatini o`zgartirmaydi. Asosiy e’tibor yirik daryolar vodiylarida vujudga kelgan, Sharq uchun tipik bo`lgan davlatlar - Misr, Ikki daryo oralig`i, Hindiston va Xitoyga qaratiladi.
Davlat va huquqqa oid voqealar va hodisalar, garchi, afsuski, hamma vaqt xronologik aniqlik bilan ko`rsatish mumkin bo`lavermasa ham, imkon boricha izchil tartibda bayon etiladi.
Yüklə 35,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin