1. Gоrner sxemasi nima uchun xizmat qiladi? Javob: Ixtiyoriy ko`phadni chiziqli ko`phadga bo`lish uchun xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyot: Sh.A.Ayupov, B.A.Omirov, A.X.Xudoyberdiyev, F.H.Haydarov Algebra va sonlar nazariyasi (o‘quv qo‘llanma) Toshkent «Tafakkur-bo‘stoni» 2019 (109-bet) 2. Bo’sh to’plam deb nimaga aytiladi? Javob: Birorta ham elementga ega bo‘lmagan to‘plam bo‘sh to‘plam deyiladi va kabi belgilanadi.
Foydalanilgan adabiyot: Sh.A.Ayupov, B.A.Omirov, A.X.Xudoyberdiyev, F.H.Haydarov Algebra va sonlar nazariyasi (o‘quv qo‘llanma) Toshkent «Tafakkur-bo‘stoni» 2019 (6-bet) 3. O’rin almashtirishlar deb nimaga aytiladi. Javob: n ta 1, 2, .., n sonlar (yoki n ta har xil a1, a2, .., an simvollar) ning ma’lum tartibda mumkin bo’lgan ixtiyoriy joylashuviga shu sonlarning (yoki simvollarning) o’rin almashtirishi deyiladi
Foydalanilgan adabiyot: Algebra va sonlar nazariyasidan masala va mashqlar . Darslik. – Samarqand: SamDU nashri, 2021 (4-bet) 4. o’rniga qo’yishlar deb nimaga aytiladi? Javob: n ta 1, 2, ... , n sonlar to’plamining o’ziga o’zaro bir qiymatli akslantirishiga (biyeksiyasiga) bu sonlarning o’rniga qo’yish yoki n-tartibli o’rniga qo’yish deyiladi.
Foydalanilgan adabiyot: Algebra va sonlar nazariyasidan masala va mashqlar . Darslik. – Samarqand: SamDU nashri, 2021 (4-bet) 5. matritsa deb nimaga aytiladi? Javob: To’g’ri to’rtburchak ko’rinishidagi sonlar jadvaliga matritsa deyiladi
Foydalanilgan adabiyot: Algebra va sonlar nazariyasidan masala va mashqlar . Darslik. – Samarqand: SamDU nashri, 2021 (10-bet)
6. Matritsaning bosh dioganali nima? Javob: Kvadrat matritsaning yuqori chap burchagini quyi o’ng burchagi bilan tutushtiruvchi kesmada yotuvchi elementlar qatori matritsaning bosh dioganali deyiladi.