1 guruh kationlar aralashmasini analiz qilish


Analitik reaktsiyalarni amalga oshirishning shart-sharoitlari



Yüklə 121,36 Kb.
səhifə3/9
tarix16.12.2023
ölçüsü121,36 Kb.
#181189
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 GURUH KATIONLAR ARALASHMASINI ANALIZ QILISH

. Analitik reaktsiyalarni amalga oshirishning shart-sharoitlari

Analitik reaktsiyalarni o'tkazish uchun ma'lum bir shart-sharoit bo'lishi kerak. Masalan, kislotalarda eriydigan cho'kmalar, eritmada erkin holatdagi kislota ortiqcha bo'lganda ajralib chiqmaydi, huddi shuningdek, ishqorda eriydigan cho'kmalar ishqoriy muhitda cho'kmaydi. Agar cho'kma kislotada ham, ishqorda ham erisa, uni faqat neytral muhitda hosil qilish mumkin va hokazo. Bu misollardan ko'rinib turibdiki reaktsiyalarni amalga oshirishning eng muhim shart - sharoitlaridan biri, shu reaktsiya uchun zarur muhit bo'lib, uni kerak bo'lgan taqdirda, eritmaga kislota, ishqor yoki boshqa biror reaktivlardan qo'shib vujudga keltirish mumkin. Masalan:


K2Cr2O7+2BaCl2+H2O=2BaCrO4↓+2KCl+2HCl
Cr2O72-+2Ba2++H2O=2BaCrO4+2H+
hosil bo'lgan BaChO4 kuchli kislotalarda eriydi, sirka kislotada esa erimaydi. Bu erda reaktsiyaning o'zida kuchli kislota hosil bo'lishi sababli reaktsiya ohirigacha bormaydi. Ammo eritmaga K2Cr2O7 dan tashqari CH3COONa ham qo'shilsa, Ba2+ ni to'la cho'ktirish mumkin, shunda kuchli kislota o'rniga kuchsiz kislota CH3COOH hosil bo'ladi.
CH3COONa ↔ CH3COO- + Na+

СНзСОО-+ H+ CH3COOH


Ikkinchi bir muhim sharoit eritmaning haroratidir. Haroratning ko'tarilishi bilan eruvchanligi ortib ketadigan cho'kmani issiq holatdagi eritmalardan hosil qilish yaramaydi, bunday reaktsiyalarni "uy haroratida» ba'zan esa sovitib o'tkazish kerak bo'ladi. Ba'zi reaktsiyalar faqat, qizdirilganda boradi.
Reaktsiya borishining muhim shart-sharoitlaridan yana biri, eritmada topiladigan ionning kontsentratsiyasi etarli darajada katta bo'lishidir; uning kontsentratsiyasi juda oz bo'lsa, reaktsiya chiqmay qoladi. Buning sababi shundaki, har qanday moddaning eritmadagi kontsentratsiyasi uning ayni sharoitdagi eruvchanligidan ortiq bo'lgandagina, shu modda cho'kmaga tushadi.



  1. Yüklə 121,36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin