Uchinchi guruh kationlari aralashmasini analizida ayrim reaktsiyalarga halal beruvchi ionlarni niqoblashda (kompleks birikmalar mavzusiga qarang) foydalaniladi.
. To'rtinchi analitik guruh kationlariga umumiy tavsif
To'rtinchi analitik guruh kationlariga Cu2+, Bi3+, Cd2+, Hg2+, Sb3+, Sb5+, Sn2+, Sn4+, As3+, As5+ ionlari kiradi. Bu kationlar kislotali muhitda (pH=0,5) vodorod sulfid ta'sirida sulfidlar holida cho'kadi. Hosil bo'lgan sulfidlar, elementlar
o'zlarining davriy sistemadagi joylashishiga qaramay, turli hossaga ega bo'ladi. SHuning uchun ular ikki guruhga ajratiladi:
- mis guruhchasi
Cu2+, Cd2+, Hg2+,Pb2+, Bi3+, Sn2+ va boshqalar (bu guruhga kationlarning sulfidlari tarkibdagi elementlarning asosli hossalari ancha yuqori bo'lgani uchun ishqorlarda erimaydi).
- mishyak guruhchasi
Sb3+, Sb5+, Sn2+, Sn4+, As3+, As5+ bu guruh ionlarining sulfidlari ishqorlarda eriydi. Sn2+ kationi Sn4+ ga nisbatan asosli hususiyati ancha yuqori bo'lgani sababli boshqalardan ajralib turadi. Uning sulfidlari ishqorlarda Na2S va (NH4)2S da erimaydi.
SnS faqat ammoniy polisulfidda eriydi, chunki bunda Sn2+ ioni Sn4+ gacha oksidlanadi. SHuning uchun Sn4+ ni biror tegishli oksidlovchi ta'sirida oldindan Sn2+ gacha oksidlab olish mumkin.
Beshinchi analitik guruh kationlari umumiy tavsifi
Beshinchi analitik guruh kationlariga Pb2+,[Hg2]2+,Ag+kiradi. Bu guruh kationlarining guruh reagenti 6 n HCI bo'lib, ular qiyin eruvchan hloridlarni hosil qiladi. Beshinchi guruh kationlari D.I.Mendeleevning elementlar davriy sistemasida to'rtinchi guruh kationlari joylashgan davr va guruhlarda joylashgan.
Bu kationlarning gidroksidlari qiyin eruvchan va kuchsiz elektrolit-lardir. Qo'rg'oshin gidroksid amfoterlik hossalarga ega, kumush va simob (I) gidroksidlar nihoyatda beqaror birikmalar bo'lib, hosil bo'lish vaqtida tegishli oksid va suvga parchalanadi. Qo'rg'oshin va simobning barcha eruvchan birikmalari zaharli.
Dostları ilə paylaş: |