Analitik kimyoni qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati. Analitik kimyo fani bilan agronomiya, fiziologiya, mikrobiologiya, zoogigiena, qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirish fanlari bevosita bog‘liqdir. Kimyoviy analizsiz xom- ashyo va tayyor mahsulot sifatiga baho berish ishlab chikarish jarayonlarini tushuntirish mumkin emas. Ekinlardan mo‘l hosil olishda, chorvachilikda, tuproq tarkibini o‘rganishda, turli o‘g‘itlardan foydalanishda analitik kimyo usullaridan keng foydalaniladi. Shuning uchun bo‘lajak agronomlar, agrokimyogarlar, zoomuhandislar biologik jarayonlarning mohiyatini to‘liq tushuna olish imkoniyatini analitik kimyo beradi.
Sifat analizi usullari.
Tekshirilayotgan moddaning miqdori yoki hajmiga ko‘ra analiz usullari: makro-, yarim-mikro-, mikro-, va ultramikro usullariga bo‘linadi:
*ЛMakro usulda reaksiya o‘tkazish uchun 1-10 g quruq modda yoki 10-100 ml eritma olinadi. Reaksiyalar oddiy probirkalarda olib boriladi, hosil bo‘lgan cho‘kmalar filtrlash orqali ajratiladi, yuviladi va aniqlanadi.
Yarim-mikro usulda reaksiya olib borish uchun 0.05-0.5 g quruq modda yoki 110 ml eritma olinadi. Reaksiyalar tubi kichraytirilgan probirkalarda tomchi usullarida o‘tkaziladi. Cho‘kmalarni eritmalardan ajratish uchun sentrafugalardan foydalaniladi.
Mikro usulda analiz olib borish uchun 0.001-10-6 g quruq modda yoki 0.1-1 ml eritma olinadi. Reaksiyalar maxsus probirkachalarda o‘tkaziladi.
Ultra-mikro usulda analiz olib borish uchun 10-6-10-9 g quruq modda yoki 10-410-6 ml eritma olinadi.
Keltirilgan usullardan yarim - mikrousulda ham aniq natijalar olish mumkin. Shuning uchun tekshirilayotgan moddani sifat jihatdan kimyoviy analiz qilishda asosan yarim - mikro usul ishlatiladi.
7.4.1 Analitik reaktsiyalarning o‘tkazish usullari.
Analitik reaktsiya "quruq" va "ho'l" usullar bilan o'tkazilishi mumkin. Quruq
usulda tekshiriladigan modda va reaktivlar qattiq holatda olinadi va reaktsiya qizdirish yo'li bilan amalga oshiriladi:
Masalan: Metall tuzlarining alangani bo'yashi, natriy tetraborat (bura) Na2B4O7• 10H2O yoki natriy ammoniy gidrofasfat NaNH4HPO4• 4H2O lar ba'zi metallarning tuzlari bilan qorishtirganda rangli marvarid (shisha) hosil bo'ladigan reaktsiyalar quruq usul bilan o'tkaziladigan reaktsiyalar qatoriga kiradi.
Rangli shisha hosil qilish va alangani bo'yash usullari pirokimyoviy usullar deb ataladi.
Eritmalarda o'tkaziladigan moddaning analizi ho'l usul bilan analiz deyiladi. Bunda tekshiriladigan modda oldindan eritilgan bo'lishi kerak. Odatda erituvchi sifatida suv ishlatiladi. Agarda modda suvda erimasa, kislotalarda eritiladi. Kislotada eritilgan modda kimyoviy o'zgarishga uchrab suvda oson eriydigan birorta tuzga aylanadi.
Masalan:
CuO+H2SO4 → CuSO4+H2O
Fe(OH)3+3HCl → FeCl3+H2O
CaCO3+2HNO3 →Ca(NO3)2+H2O+CO2 ↑
Ni(OH)2+2HNO3 →Ni(NO3)2+2H2O
Anorganik moddalarni analiz qilishda ko'pincha tuzlar, kislotalar, asoslarning suvdagi eritmalari bilan ish ko'riladi. Ma'lumki, bu moddalar elektrolitlardir, ya'ni ular suvdagi eritmalarida ionlarga dissotsilangan bo'ladi. SHu sababli "ho'l" usul bilan o'tkaziladigan reaktsiyalar odatda, oddiy yoki murakkab ionlar o'rtasida boradi, binobarin bu reaktsiyadan foydalanib, to'g'ridan-to'g'ri elementlarni emas, balki ular hosil qilgan ionlari topiladi, topilgan ionlarga qarab tekshiriladigan moddada tegishli elementlar borligi haqida hulosa chiqariladi.
Masalan: HCl yoki hloridlarning eritmasidan hlorni topish uchun AgN)3 ta'sir ettiriladi. Bunda suzmasimon oq cho'kma AgCl hosil bo'ladi. CHo'kmaga qarab hlor borligi aniqlanadi.
HCl + AgNO3 →AgCl↓ + HNO3
CaCl2 + 2AgNO3 → 2AgCl↓ + Ca(NO3)2
BaCl2 + 2AgNO3 → 2AgCl↓ + Ba(NO3)2 (1)
va hokazo.
CHo'kmadan tashqari tuzlarning hammasi eritmalarda tegishli ionlarga ajralgan holda bo'ladi, ya'ni:
Ba2+ Q 2Cl- +2Ag+ + 2NO3- =↓2AgCl + Ba2+ + 2NO3- (2)
Bir hil ionlarni reaktsiya tenglamasidan tushirib qoldirilsa, unda reaktsiya tenglamasi quyidagi ko'rinishda yoziladi:
2Cl- + 2Ag+ = ↓2AgCl
Tenglamaning ikkala tomonini bir hil songa qisqartirish mumkin bo'lgan hollarda qisqartiriladi, masalan, yuqoridagi reaktsiya tenglamasini ikkiga qisqartirib yoziladi:
Cl
(3)
(1)-reaktsiyaning molekulyar tenglamasi, (2)-reaktsiyaning molekulyar ionli tenglamasi, (3)-reaktsiyaning molekulyar-ionli qisqartirilgan tenglamasi.
Dostları ilə paylaş: |