. Analitik reaktsiyalarning sezgirligi, uziga hosligi
Agar modda qiyin eriydigan bo'lsa, topiladigan ionning kontsentratsiyasi nihoyatda oz bo'lganda ham cho'kma tushsa, bunday reaktsiyalar seziluvchan reaktsiyalar deyiladi.
Reaktsiyaning seziluvchanligi miqdoriy jihatdan bir-biriga bog'langan ikkita ko'rsatkich - topilish minimumi va suyultirish chegarasi bilan harakterlanadi. Topilish minimumi modda yoki ionning reaktsiyaga muayyan shart-sharoitlarda o'tkazilganida topilishi mumkin bo'lgan eng kam miqdoridir. Modda (ion) ning shu reaktsiya yordamida topilishi mumkin bo'lgan eng kam kontsentratsiyasi suyultirish chegarasi deyiladi.
Reaktsiyalarning seziluvchanligi bilan bir qatorda ularning o'ziga hosligi ham juda katta ahamiyatga ega.
Bir ion boshqa ionlar bilan aralashgan holatda bo'lganda ham uni tajriba sharoitida ajratmasdan turib to'g'ridan- to'g'ri aniqlashga imkon beradigan
reaktsiya, o'sha ion uchun hos (spetsifik) reaktsiya deyiladi. Bunga ishqor ta'sirida qizdirilganda, hidi va boshqa hossalaridan ammiak ajralib chiqayotganligi osongina bilinadigan NH4+ ni aniqlash reaktsiyasini misol keltirish mumkin.
NH4+ + OH- NH3↑ + H2O
Ammoniy tuzlarigina bunday sharoitda ammiak hosil qiladi. SHuning uchun ishqor bilan olib borilgan reaktsiya NH4+ ionini topish uchun hos reaktsiyadir.
Analitik kimyoda tekshirilayotgan ion bir necha ionlar bilan o'hshash natija beradigan reaktsiyalar ham uchraydi. Bunday reaktsiyalarga tanlab ta'sir etuvchi yoki selektiv reaktsiyalar deyiladi.
Reaktsiya ijobiy natija beradigan ionlar soni qancha kam bo'lsa, reaktsiyaning selektivlik darajasi shuncha yuqori bo'ladi.
- Eritmani bo'lib-bo'lib va sistematik analiz qilish
Aniqlanishi kerak bo'lgan ionlarni spetsifik reaktsiyalardan foydalanib tekshirilayotgan eritmaning alohida ulushlaridan bevosita aniqlash, bo'lib-bo'lib analiz qilish deyiladi. Lekin hamma ionlar uchun spetsifik reaktsiyalar yo'q. Ayrim ionlar ikkinchisini topishga halaqit beradi. Masalan, Ba2+ ioni Ca2+ ni topishga halal beradi. Bunday hollarda har bir alohida ionni ma'lum ketma ketlikda aniqlash reaktsiyalarini ishlab chiqishga to'g'ri keladigan usulidan foydalaniladi. Bunda har bir ionni topishdan oldin uning topilishiga halaqit beradigan boshqa hamma ionlar oldindan topiladi va eritmadan ajratiladi. YUqoridagi misolni olsak, agar eritmada Va2+ va Sa2+ ionlari bo'lsa, Ba2+ ionini to'liq cho'ktirib, cho'kmani tsentrifugalab ajratib tashlanadi. Buning uchun Ba2+ ioniga hos reaktsiya, K2Ch2O7 bilan sariq cho'kmani hosil bo'lishidan foydalaniladi. CHo'kmadan ajratib olingan eritmaga yana ozgina reagent qo'shiladi. Agar cho'kma qaytadan hosil bo'lmasa, eritmada Ba2+ ioni qolmagan bo'ladi va undan Ca2+ ionini (NH4)2C2O4 ta'sirida topish mumkin. Oq CaC2O4 cho'kmaning hosil bo'lishi, endi eritmada Ca2+ ioni borligini bildiradi.
Сa+2 + (NH4)2С2O4 = ↓CaC2O4 + 2NH4+
Demak, sistematik analiz qilishda ayrim ionlarni topish reaktsiyalari bilan bir qatorda, ularni bir-biridan ajratish reaktsiyalarini o'tkazishga to'g'ri keladi. Ajratish reaktsiyalarida, ko'pincha ajratilayotgan ionlar hosil qiladigan, o'hshash birikmalarning eruvchanligi bir-biridan farq qilishidan foydalaniladi. Masalan, Ba2+ ionini Ca2+ ionidan ajratish. BaCr2O7 va CaCr2O7 eruvchanlik ( ЭКq 2,3-10-10 , BaCr2O ЭК q 2,3-10-2 ) larining har hilligiga asoslangan va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |