Vodorod sulfidli usul
Kationlarning sinflarga bo‘linishi
Sulfidlari suvda eruvchan
|
Sulfidlari suvda erimaydi yoki suv ta'siridan erimaydigan gidroksidlar hosil qiluvchi
|
Karbonatli tuzlari suvda
|
Sulfidlari suyultirilgan kislotalarda eriydi yoki suv ta'siridan kislotalarda eriydigan gidroksidlar hosil qiluvchi
|
Sulfidlari suyultirilgan kislotalarda erimaydi
|
Eruvchan
|
erimaydi
|
I guruh
|
II guruh
|
I I I guruh
|
IV guruh
|
V guruh
|
K', Na', NH4', Mg2' Guruh
reagenti yo‘q
|
Sa2', Sr2',
Ba2'
Guruh reagenti (NH4)2CO
3
|
Al3', Cr3', Fe3',
Fe2', Mn2',
CO2', Zn2'
Guruh reagenti (NH4)2S 2
|
.Ag guruhi Ag', Pb2', Hg22'
xloridlari suvda erimaydi. Guruh reagenti HCl.
. Cu guruhi Cu2', Cd2', Bx3'
xloridlari suvda eruvchan. Guruh
|
Sulfidlari Na2S da eriydi. Hg2', As3', AS5', Sb3', Sb5', Sn2', Sn4' Guruh reagenti Na2S.
|
1871 yilda N.A.Menshutkin taklif qilgan, sifat analizining tarihiy bu usuli uzoq yillar davomida o'zgarib takomillashib bordi. Bu usulda kationlar 5 ta guruhga ajartilgan.
guruh: Na+, K+, NH4+, Mg2+ kationlari, guruq reagentiga ega emas.
guruh: Ba2+, Sch2+, Ca2+ kationlari, guruh reagenti ammoniy karbonat (NH4)2CO3, ammiakli bufer eritma (NH4OH + NH4Cl) ishtirokida, harorat 70-800S.
guruh: Fe2+, Fe3+, Cch3+, Al3+, Mn2+, Zn2+, Co2+, Ni2+ kationlari, guruh reagenti ammoniy sulfid (NH4)2S, ammiakli bufer eritma (NH4OH va NH4Cl) ishtirokida, harorat 70-800S.
guruh: Cu2+, Cd2+, Hg2+, Bi3+, Sn2+, Sn4+, Sb3+, Sb5+ kationlari, guruh
reagenti kislotali muhitda vodorod sulfid H2S. Ikki guruhchaga bo'linadi: 1- guruhcha: Hg2+, Cu2+,Bi3+,Cd2+,Pb2+ ; 2- guruhcha: Sn2+, Sn4+, Sb3+, Sb5+, As3+,
As5+.
guruh: Ag, [Hg2]2+, Pb2+ kationlari, guruh reagenti hlorid kislota.
-. Birinchi analitik guruh kationlarining umumiy tavsifi
Birinchi analitik guruh kationlariga NH4+, Na+, K+, Li+, Rb+, Cs+, Fr+, Mg2+ ionlari kiradi. Bu ionlarning umumiy guruh reagenti yo'q. NH4+, K+, Rb+, Cs+, Fr+ lar uchun harakterli bo'lgan ko'pgina reagentlar bilan Na+, Li+, Mg2+ ionlari reaktsiyaga kirishmaydi. SHuning uchun birinchi analitik guruh kationlari ikki guruhchaga bo'linadi, ya'ni Na3[Co(NO2)6], NaHC4H4O6 va H2[PtCl6] kabi reaktivlar bilan cho'kma beruvchi NH4+, K+, Rb+, Cs+, ionlari birinchi guruhchani tashkil qiladi, ikkinchi guruhchaga esa umumiy reagenti bo'lmagan Na+, Li+, Mg2+ ionlari kiradi.
Birinchi analitik guruh kationlarining ko'pgina birikmalari suvda yahshi eriydi va rangsiz eritmalar hosil qiladi. Rangli eritmadagi birikmalariga hromatni (sariq), bihromatni (sarg'ish-qizil), manganatni (yashil), permanganatni (binafsha rang), ferrotsianatlarni (sariq va qizil) va geksako baltatni (sariq) kiritish mumkin.
Birinchi guruh kationlarining NH4+ dan boshqa barchasi oksidlovchilar va qaytaruvchilar ta'siriga chidamli, NH4+ esa oksidlanish hossasiga ega.
Ikkinchi analitik guruh kationlari umumiy tavsifi
Ikkinchi analitik guruh kationlariga Sa2+, Sr2+, Ba2+, Ra2+ ionlari kiradi. Bu kationlar birinchi analitik guruh kationlaridan farq qilib, turli ionlar bilan birikib suvda qiyin eriydigan tuzlar hosil qiladi. Masalan: ikkinchi guruh kationlarining sulfatlari, fosfatlari, oksalatlari va karbonatlari suvda qiyin eriydi. Ikkinchi guruh kationlarining birinchi analitik guruhi kationlaridan karbonatlar SaSO3, SrCO3, BaCO3 holida ajratish qulay. CHunki olingan cho'kmani keyingi tahlillar uchun eritmaga oson o'tkazish mumkin. SHuning uchun ikkinchi analitik guruhning umumiy reagenti sifatida (rNq9,2) (NH4)2CO3 ammoniy karbonat ishlatiladi.
Ikkinchi analitik guruh kationlarining sulfidlari ham birinchi guruh kationlarining sulfidlari kabi suvda yahshi eriydi. II guruh kationlari shu jihatdan III, IV, V analitik guruh kationlaridan farq qiladi.
Uchinchi analitik guruh kationlari umumiy tavsifi
Uchinchi guruh kationlariga Al3+, Cr2+, Zn2+, Fe2+, Fe3+, Co2+, Ni2+, Mn2+ ionlari kiradi. Bu guruh kationlari birinchi va ikkinchi analitik guruh kationlaridan tegishli sulfidlarining suvda erimasligi bilan farq qiladi. Lekin ularning sulfidlari suyultirilgan kislotalarda eriydi. Ularning to'rtinchi va beshinchi guruh kationlaridan farqi ham shunda. Uchinchi guruh kationlari bilan ishlanganda, ularning tuzlarining gidrolizi, gidroksidlarining amfoterligi, oksidlanish darajasining o'zgarishi kabi kimyoviy o'zgarishlarga duch kelish mumkin.
Uchinchi guruh kationlari rN q 8 - 9 bo'lganda ammoniyli bufer aralashma ishtirokida, t0S q 60 - 700S guruh reagenti (NH^S ta'sirida cho'ktiriladi. Guruh kationlarining ko'pchiligi sulfidlar - Fe2S3, FeS, MnS, CoS, NiS, ZnS holida, alyuminiy va hrom ionlari gidroksidlar - Al(OH)3, Cr(OH)3 ko'rinishida cho'kadi. CHunki (NH4)2S gidrolizlanishi natijasida hosil bo'ladigan ON- ionlari kontsentratsiyasi [Al3+][<9Я]3>ЭКАкон'ъ, 3+][<9Я]3>ЭКСгbo'lishi uchun
etarli. Ana shuning uchun Al(OH)3 va Cr(OH)3 cho'kmalari hosil bo'ladi. Masalan:
(NH4)2S + 2H2O = H2S + 2NH4OH
2AlCl3 + 3(NH4)2S + 6H2O = ^2Al(OH)3 + 6NH4Cl + 3H2S
Bu hosil bo'lgan gidroksidlar ham asos, ham kislota hossasiga ega bo'lib, amfoter moddalar deyiladi.
Al(OH)3 + 3HCl = AlCl3 + 3H2O Al(OH)3 + NaOH = NaAlO2 + 2H2O ularni bu hossasidan foydalanib kationlarni bir-biridan ajratish mumkin.
Uchinchi guruh kationlari uchun muhim bir hossa - oksidlanish darajalarining o'zgarishi, ularning bu hossalaridan foydalanib ham ayrim kationlarni ochish mumkin. Masalan: 2MnSO4+5NaBiO3+16HNO3=2HMnO4+5NaNO3+5Bi(NO3)3+2Na2SO4+H2O
Mn+2 —е> Mn+7 | 5 | 2 oksidlanish
Bi+5 —'2> Bi+3 | 2 | 5 qaytarilish
2Mn2+ + 5NaBiO3 + 14H+ = 2MnO4- +5Bi3+ + 5Na+ + 7H2O
Kompleks birikmalarning hosil bo'lish reaktsiyalaridan, uchinchi guruh kationlari uchun sezgir va hususiy reaktsiyalar sifatida foydalanish mumkin. Masalan: Fe2+ ionini turnbul ko'ki Fe3[Fe(CN)6]2, Fe3+ ionini berlin lazuri Fe4[Fe(CN)6]3 kompleks tuzlari ko'rinishida aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |