1. Og`zaki metodlar - qisqa muddat ichida hajmi bo`yicha eng ko`p informatsiya berish, o`quvchilar oldida problemallar qo`yish, ularni hal qilish yo`llarini ko`rsatish imkonini beradi. Bu metodlar o’quvchilarning abstrakt tafakkurlarining rivojlanishiga sharoit yaratadi.
a) Tushuntirish metodi - bunda o`qituvchi materialni bayon qiladi, o`quvchilar esa bilimlaрrni tayyor holda qabul qiladilar. Materialni aniq tushunarli va qisqa bayon qilish kerak.
M: 1 yoki 0 ga ko`paytirish hollarini tushunib olishga ko`paytirish haqidagi tarkib topgan bilimlari yetarli bo`lmaydi. O`qituvchi bu bilimlarni tayyor holda berishi kerak. Tushuntirish metodida nazariy ma'lumotlar bilan tanishtirishda, o`quv qurollaridan foydalanish yo`l – yo`riqlar berishda foydalaniladi.
b) Suhbat- eng ko`p tarqalgan, yetakchi o`qitish metodlaridan biri bo`lib, darsning turli bosqichlarida, har xil o`quv maqsadlarida qo`llanilishi mumkin. Suhbat – bu o`qitishning savol – javob metodidir, bunda o`qituvchi, maxsus tanlangan savollar sistemasi va ularga beriladigan javoblar yo`li bilan o`quvchilarni qo`yilgan ta'lim – tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga olib keladi.
Suhbat metodidan ko`pincha matematik tushunchalar bilan tanishtirilayotganda qonuniyatlar tipidagi bilimlar (arifmetik amal xossaчlari, amal komponentalari va natijalari bog`liqligi) bilan tanishtirishda foydalanish tavsiya etiladi.
Katexizik suhbat shunday savollar sistemasi asosida tuziladiki, bu savollar ilgari o`zlashtirilgan bilimlarni oddiygina qayta eslashni talab qiladi. Undan bilimlarni tekshirish va baholashda, yangi materialni mustahkamlash va takrorlashda foydalaniladi.
Evristik suhbat (grekcha – topaman, ochaman)da tayyor bilimlar berilmaydi, balki qo`yilgan savollar orqali, o`quvchilarning oldingi o`zlashtirgan bilimlari asosida, kuzatishlari, tajribalari asosida yangi tushunchalarga, xulosa va qoidalarga kelishga olib keladi. M: «34-20 va 34-2» hollarni o`rganishda dastlab (50+8)-30, (40+5)-4 so`ngra 28=20+8…. Nimani yozdim? Shunday yozish mumkinmi?
Savollar o`quvchilarning fikrlashini faollashtirishga, ularni voqea – hodisalar va faktlarni taqqoslashga, solishtirishga, ularni ajratish yoki guruppalashga, ular orasidagi bog`lanishlarni izlashga majbur qilish kerak.