68.Loyiha va qidiruv ishlari loyihasi shartnomasi nima maqsadda tuziladi? 68. Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi bo`yicha pudratchi (loyihalovchi, qidiruvchi) buyurtmachining topshirig`i bo`yicha belgilangan muddatda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va (yoki) qidiruv ishlarini bajarish majburiyatini, buyurtmachi еsa uni qabul qilib olish va haq to`lash majburiyatini oladi.
Agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, loyiha va qidiruv ishlari shartnomasini tasodifan bajarish mumkin bo`lmasligi xavfi buyurtmachining zimmasiga tushadi.687-modda. Loyiha va qidiruv ishlari uchun boshlang`ich ma’lumotlar.Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi bo`yicha buyurtmachi pudratchiga loyihalash haqida topshiriq, shuningdek loyiha-smeta hujjatlarini tuzish uchun zarur bo`lgan boshqa boshlang`ich ma’lumotlarni berishi shart. Loyihalash haqidagi vazifani buyurtmachining topshirig`i bo`yicha pudratchi tayyorlashi mumkin. Bu holda vazifa buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab taraflar uchun majburiy bo`lib qoladi.Pudratchi loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun topshiriqdagi va boshqa boshlang`ich ma’lumotlardagi talablarga rioya qilishi shart va buyurtmachining roziligi bilangina ulardan chetga chiqishga haqli.
69.Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi bo’yicha buyurtmachining majburiyatlari nimalardan iborat?
69.Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi tushunchasi? 69. 686-modda. Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi.Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi bo`yicha pudratchi (loyihalovchi, qidiruvchi) buyurtmachining topshirig`i bo`yicha belgilangan muddatda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va (yoki) qidiruv ishlarini bajarish majburiyatini, buyurtmachi еsa uni qabul qilib olish va haq to`lash majburiyatini oladi.Agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, loyiha va qidiruv ishlari shartnomasini tasodifan bajarish mumkin bo`lmasligi xavfi buyurtmachining zimmasiga tushadi.
70.Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi bo’yicha pudratchining majburiyatlari nimalardan iborat?
70. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, buyurtmachi loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi bo`yicha quyidagilarni bajarishi:barcha ishlar bajarib bo`linganidan keyin belgilangan narxning hammasini pudratchiga to`lashi yoki ishlarning ayrim bosqichlari tugallanganidan keyin narxning tegishli qismini to`lashi;pudratchidan olingan loyiha-smeta hujjatlaridan faqat shartnomada nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanishi, loyiha-smeta hujjatlarini pudratchining roziligisiz uchinchi shaxslarga bermasligi va undagi ma’lumotlarni oshkor qilmasligi;loyiha va qidiruv ishlarini bajarishda shartnomada nazarda tutilgan hajmda va shartlarda pudratchiga xizmat ko`rsatishi;tayyor bo`lgan loyiha-smeta hujjatlarini tegishli davlat organlari va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari bilan kelishib olishda pudratchi bilan birga qatnashishi;pudratchiga bog`liq bo`lmagan holatlar tufayli loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun boshlang`ich ma’lumotlar o`zgarishi bilan bog`liq qo`shimcha xarajatlarni pudratchiga to`lashi;tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarining yoki bajarilgan qidiruv ishlarining kamchiliklari borligi munosabati bilan uchinchi shaxs tomonidan buyurtmachiga nisbatan qo`zg`atilgan da’vo yuzasidan ishda qatnashishga pudratchini jalb qilishi shart.