2030-YILGACHA BO‘LGAN DAVRDA BARQAROR RIVOJLANISH SOHASIDAGI MILLIY MAQSAD VA VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISHNI JADALLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
5-maqsad. Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish.
5.1-vazifa. Hamma joyda barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish.
Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi (kelishuv asosida), Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Bosh prokuratura (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (kelishuv asosida)
Samarali boshqaruv
5.2-vazifa.Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarini, shu jumladan, odam savdosi, jinsiy ekspluatatsiya hamda ekspluatatsiyaning boshqa shakllarini tugatish.
Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
Samarali boshqaruv
5.3-vazifa.Erta nikohlar va zo‘rlab nikohlashni tugatish.
Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura (kelishuv asosida), Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi
Ijtimoiy himoya
5.4-vazifa.Kommunal xizmatlar, infratuzilma va ijtimoiy himoya tizimlarini taqdim etish orqali parvarishlash va uy xo‘jaligini yuritish bo‘yicha haq to‘lanmaydigan mehnatni tan olish va qadrlash, milliy sharoitlarni hisobga olgan holda oilada xo‘jalik yuritish uchun umumiy mas’uliyat tamoyilini rag‘batlantirish.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat m�nosabatlari vazirligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari