2030-YILGACHA BO‘LGAN DAVRDA BARQAROR RIVOJLANISH SOHASIDAGI MILLIY MAQSAD VA VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISHNI JADALLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
5.c-vazifa. Gender tenglik tamoyillarini boshqaruvning turli bosqichlarida davlat dasturlarini qabul qilish jarayoniga to‘la singdirish.
Oliy Majlis Senat Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi (kelishuv asosida), Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (kelishuv asosida), Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar hamda siyosiy partiyalar (kelishuv asosida)
Samarali boshqaruv
6-maqsad.Barcha uchun suv resurslari va sanitariyaning mavjudligi hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash.
6.1-vazifa. 2030-yilgacha barcha uchun toza ichimlik suvdan umumiy va teng huquqli foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Atrof muhit
6.2-vazifa.2030-yilgacha tegishli sanitariya-gigiyena vositalaridan umumiy va teng huquqli foydalanish imkoniyatini ta’minlash, aholining ijtimoiy zaif qatlami ehtiyojlariga alohida e’tibor qaratish.
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Sog‘liqni saqlash
6.3-vazifa.2030-yilgacha suv muhitining har qanday, jumladan, quruqlikdagi faoliyat natijasida ifloslanishini sezilarli ravishda kamaytirish hamda oqova suvlarni xavfsiz tarzda qayta ishlatish hajmini oshirish.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari