5.5-vazifa. Xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha bosqichlarida har tomonlama ishtirok etishlarini hamda qaror qabul qilishda yetakchilik qilishlari uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash.
|
Oliy Majlis Senat Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi (kelishuv asosida), Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar hamda siyosiy partiyalar (kelishuv asosida)
|
Samarali boshqaruv
|
5.6-vazifa. Reproduktiv salomatlikni asrash sohasida umumqamrovli tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish uchun sog‘liqni saqlash xizmatlaridan umumiy foydalanishni ta’minlash.
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi
|
Sog‘liqni saqlash,
samarali boshqaruv
|
5.a-vazifa. Xotin-qizlarni ularning huquq va manfaatlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirishlarida qo‘llab-quvvatlaydigan dasturlarni kengaytirish.
|
Oliy Majlis Senat Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi (kelishuv asosida), Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar hamda siyosiy partiyalar
|
Samarali boshqaruv
|
5.b-vazifa. Xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish maqsadida yuqori samarali texnologiyalar, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanishni ikki baravarga oshirish.
|
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
|
Samarali boshqaruv
|
|