1. iqtisodiyotga kirish


Birinchi konsepsiyaning asosini davlat byudjetini har yili muvozanatlashtirish lozim, degan qoida tashkil etadi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə194/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Birinchi konsepsiyaning asosini davlat byudjetini har yili muvozanatlashtirish lozim, degan qoida tashkil etadi. Ammo bu masala chuqurroq tadqiq etilsa, unda bu qoida asosida tuzilgan byudjet iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan davlat fiskal siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir etishini ko‘rish mumkin. Masalan, inflyatsiya sharoitida aholining daromadi oshib boradi, bu esa avtomatik ravishda soliq tushumlarini ko‘paytiradi, hukumat daromadlarni xarajatlardan ortib ketishining oldini olishga harakat qiladi. Unda u soliq stavkasini pasaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirish yoki ularning ikkalasidan foydalanishi kerak bo‘ladi. Buning natijasida inflyatsiyaning kuchayishi ro‘y beradi.

Ikkinchi konsepsiyaning asosida byudjetni iqtisodiy sikl davrida muvozanatlashtirish lozim degan qoida yotadi. Bunda davlat bir vaqtning o‘zida siklga qarshi choralarni amalga oshiradi va byudjetni muvozanatlashtirishga harakat qiladi. Bunda tanazzulga qarshi turish chorasi deb hukumat soliqlarni pasaytiradi, xarajatlarni oshiradi va ongli ravishda byudjet kamomadini yuzaga keltiradi. Yuksalish davrida esa hukumat soliqlarni ko‘taradi va davlat xarajatlarini kamaytiradi. Buning natijasida yuzaga kelgan byudjetning profitsitini tanazzul vaqtidagi kamomadini qoplashga ishlatadi. Bunda eng asosiy muommo shundan iboratki, iqtisodiy faoliyat ko‘tarilish va tanazzul vaqt davomiyligi nuqtayi nazaridan farq qiladi. Masalan, tanazzul davri ikki yil, yuksalish davri esa bir yil bo‘lishi mumkin. Unda ikki yilda ongli ravishda yuzaga keltirilgan kamomad miqdorini bir yildagi byudjetning ijobiy saldo miqdori bilan qoplab bo‘lmaydi.

Uchinchi konsepsiya byudjet emas, balki iqtisodiyot muvozanatlashtirishi kerak degan qoidaga asoslanadi. Bunda makroiqtisodiy barqarorlik davrida byudjet ijobiy va barqaror saldoga ega bo‘lishi mumkin degan fikr ilgari suriladi. Zero, iqtisodiy o‘sish sharoitida byudjetga soliqlar tushumi avtomatik ravishda ko‘payadi, makroiqtisodiy barqarorlik esa buni rag‘batlantiradi, demak byudjet kamomadi avtomatik ravishda o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘ladi. Undan tashqari davlatning soliqlarni belgilash huquqi va pullarni vujudga keltira olish sharoitida uning byudjet kamomadini moliyalashtirish imkoniyatlari amaliy jihatdan cheksizdir.
Byudjetni tartiblashning strategiyasi, undan keyin taklif iqtisodiyoti (XX-asrning 80-90 yil) nazariyasi, rivojlangan mamlakatlarda funksional moliya konsepsiyasini amaliyotda qo‘llanuvchi iqtisodiy tartiblashning modeliga aylantirdi.



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin