1. iqtisodiyotga kirish


Obyektiga ko‘ra ehtiyojlar quyidagi turlarga bo‘linadi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə4/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Obyektiga ko‘ra ehtiyojlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Moddiy ehtiyojlar- ularni qondirish uchun moddiy buyum shaklidagi mahsulotlar mavjud bo‘lishi kerak, masalan, oziq-ovqat va kiyim-kechak, transport va uy-joy uchun ehtiyoj.
2. Nomoddiy ehtiyojlar - bu moddiy bo‘lmagan shaklda qondiriladigan ehtiyojlar, ya’ni ular ma’naviy, axloqiy, estetik ehtiyojlar, masalan, ijodkorlik, odamlarga muhabbat, bilim, tabiat bilan muloqot, go‘zallik, o‘tmishni bilish va kelajakni ko‘rish.
3. Sotsial (ijtimoiy) ehtiyojlar - shaxsning ijtimoiy va jamoa faoliyatida qatnashishi bilan bog‘liq ehtiyojlar. Ular ijtimoiy tavsifga ega bo‘lib, insonlarning birgalikda yashash va hamkorlik qilish zarurligi bilan bog‘liqdir.


Iste’mol nuqtayi nazaridan ehtiyojlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

1. Shaxsiy ehtiyojlar, ular iste’mol buyumlari va xizmatlarda qondiriladi, hamda u insonning bevosita ehtiyoji hisoblanadi.

2. Ishlab chiqarish ehtiyojlari ishlab chiqarish vositalarida qondiriladi va u insonning bilvosita ehtiyoji hisoblanadi.
Ehtiyojlarning qondirilish darajasi moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Ishlab chiqarish qanchalik rivojlangan bo‘lsa, tabiiyki, katta hajmda turli-tuman tovar va xizmatlar ishlab chiqariladi va unga mos ehtiyojlar ko‘proq qondiriladi.
Ne’matlar (tovar va xizmatlar) ehtiyojlarni qondirish manbaidir. Turli iqtisodchi olimlar ushbu tushunchani turlicha talqin etadilar. Ayrimlari ne’mat deganda, buyum va ashyolarni, boshqalari esa, faqat mehnat mahsulini emas, balki tabiat in’omlarini tushunadilar.
Ne’matni har qanday ijobiy samara sifatida talqin etish hozirgi davrda keng tarqalgan. Ne’mat bu – insonlarning ma’lum bir ehtiyojlarini qondiruvchi har qanday naflilik (ashyo, hodisa, mehnat mahsuli).
Ne’matlar moddiy va nomoddiy, iqtisodiy va noiqtisodiy bo‘lishi mumkin. Moddiy ne’matlar bu: tabiat in’omlari obi- havo, yer, havo; ishlab chiqarish mahsuloti – bino, mashina va oziq-ovqatlar.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin