1. iqtisodiyotga kirish


Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə3/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

1.2. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni
Iqtisodiy tizimdagi odamlarning xulq-atvori dastlab ularning ehtiyojlari bilan belgilanadi. Bizning ehtiyojlarimizni qondirish bizga yashash, biron bir narsaga intilish, hayotdan zavq olish, ijod qilish imkoniyatini beradi. Odamlarning ehtiyojlari deganda umumiy ko‘rinishida yashash uchun zarur bo‘lgan narsalar tushuniladi.


Ehtiyoj – bu shaxs yoki jamiyat rivojlanishini ta’minlab turish uchun kerak bo‘lgan ne’matlarga bo‘lgan zaruriyat yoki insonning qoniqmaganlik yoki muhtojlik holatidir. Aynan insonlarning ehtiyojlari ularning hayotlari uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga, boshqa odamlar bilan ortiqcha narsalarni etishmayotgan narsalar bilan almashishga majbur qiladi. Odamlar cheklangan resurslarga taya’nib, o‘z ehtiyojlarini qondirishga tayyorlana boshlagan paytdan boshlab, iqtisodiy faoliyat boshlanadi. Insonlarga zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yyetkazib berishga qaratilgan faoliyat iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Xuddi ana shu zaruriyat yoki qoniqmaganlik holati insonni iqtisodiy faoliyat olib borishga majbur qiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Aynan ularning resurslardan samarali foydalanib,tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish asosida jamiyat ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga harakat qilishida iqtisodiy faoliyatning mazmuni namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy faoliyat insonlar tomonidan kishilik jamiyatining iqtisodiy sohasida amalga oshiriladi.

Ehtiyojning tub xususiyati uning cheklanmaganligi yoki cheksiz ekanligidadir. Ehtiyojlar ma’lum mezonlar asosida turkumlanadi.

Subyektlariga ko‘ra individual, jamoaviy va umummilliy ehtiyojlar farqlanadi.
1. Individual ehtiyojlar alohida insonga xos bo‘lgan ehtiyojni aks ettiradi. U insonni har taraflama kamol topish uchun zarur bo‘lgan fiziologik, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Masalan, oziq-ovqat va kiyim-kechakka bo‘lgan ehtiyojlar individual ravishda qondiriladi, bu individual ehtiyojlar.
2. Jamoaviy ehtiyojlar – bu oilaviy yoki insonlarning biron bir maqsad sari birlashgan jamoalarga (mehnat jamoasi, turli uyushmalar va h.k) xos bo‘lgan ehtiyojlar. Shaharning chekkasida, kichkina ko‘chada yashovchilar qorong‘i ko‘chani yoritishga muhtoj, bu guruhiy ehtiyojdir.
3.Umummilliy ehtiyojlar – bu davlat miqyosida kishilarning bir butun bo‘lib tarkib topgan ehtiyojlari. Jamiyatning yaxlit bir organizm bo‘lib yashashi uchun zarur bo‘lgan ehtiyojdir. Mamlakat mudofaasiga, jamoat tartibini saqlashga, yagona soliq tizimini yaratishga bo‘lgan ehtiyojlar ijtimoiy ehtiyojlardir



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin