1. iqtisodiyotga kirish


Takror ishlab chiqarish va iqtisodiy resurslar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə6/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

1.3. Takror ishlab chiqarish va iqtisodiy resurslar
Har qanday jamiyatning pirovard maqsadi o‘z a’zolarining ehtiyojlarini ne’matlarda (tovar va xizmatlarda) to‘laroq qondirishdan iborat. Tovar va xizmatlar real hayotda tayyor holatda mavjud emas, shu bois, jamiyat o‘z ixtiyoridagi resurslardan foydalangan holda, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etadi va mavjud ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy ne’matlarni (tovar va xizmatlarni) ishlab chiqaradi. Bu jarayonning ro‘y berishini ta’minlash uchun insonlar iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari shart.
Iqtisodiyot doirasida moddiy boyliklarni, ya’ni jamiyat uchun zarur bo‘lgan ne’matlarni ( tovar va xizmatlarni) takror ishlab chiqarish jarayoni ro‘y beradi. Ishlab chiqarish bir marta ro‘y berib to‘xtab qolmaydi, balki doimo uzluksiz davom etadi. Aynan ishlab chiqarish jarayonining doimo uzluksiz qaytarib turilishiga takror ishlab chiqarish jarayoni deyiladi. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati bo‘yicha takror ishlab chiqarish - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir.
Insonlarni iqtisodiy faoliyatining boshlang‘ich nuqtasi ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish bu ne’matlarni yaratish jarayonidir. Biror bir ne’matni ishlab chiqarish uchun resurslar, ya’ni ishchi kuchi , ishlab chiqarish qurollari, xomashyo bo‘lishi zarur, ular texnologiyalar yordamida birikib ishlab chiqarish jarayoni ro‘y beradi, natijada esa ne’matlar yaratiladi.
Takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlash bosqichida birinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarish natijalari ( mahsulot), ikkinchidan esa, resurslar yoki ishlab chiqarish omillari taqsimlanadi. Bozor iqtisodiyotida yaratilgan tovar va xizmatlar individlarning daromadlariga qarab taqsimlanadi. Resurslarni taqsimlash esa, jamiyatda mavjud mulkchilik institutiga bog‘liqdir, chunki ishlab chiqarish omillari mulk egalariga tegishlidir. Bozor iqtisodiyotida resurslar narx mexanizmi yordamida taqsimlanadi.
Ayirboshlash ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga o‘tish narx mexanizmi yordamida ta’minlanadi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ayrim kishilar guruhi ne’matlarning ma’lum bir turlarini ishlab chiqarish va yyetkazib berishga ixtisoslashadilar. Ular yaratgan mahsulotlarini sotib, o‘zlariga kerakli tovar yoki xizmatlarni sotib oladilar, bunda ayirboshlash jarayoni ro‘y beradi.
Natijada turli xil yo‘nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa — ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bo‘ladi, natijada iste’molchi ehtiyojini to‘laroq qondirish va jamiyat boyligini oshirishga erishiladi. Shu nuqtayi nazardan ayirboshlash jarayoni unumli tasnifga ega.


Iste’mol ishlab chiqarilgan, taqsimlangan va nihoyat ayirboshlangan tovar va xizmatlarning pirovard natijada ehtiyojni qondirish yo‘lida ishlatilishidir. Ehtiyojlarni qondirish jarayonini ifodalovchi iste’mol jarayonini shaxsiy va ishlab chiqarish iste’mol turlariga ajratish mumkin. Iste’mol buyumlarining ehtiyojlarni qondirish maqsadida pirovard ravishda iste’mol qilinishiga shaxsiy iste’mol deyiladi. Ishlab chiqarish jarayonida ish­lab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanish unumli iste’mol deyiladi.
Shaxsiy ehtiyojlar bevosita iste’mol buyumlarida qondiriladi. Ishlab chiqarish iste’moli esa bilvosita ne’matlardan yoki ishlab chiqarish vositalaridan foydalangan holda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Ushbu tahlil iqtisodiyotda tovar va xizmatlar, resurslar harakati doi­mo to‘xtovsiz takrorlanib turishini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy rivojlanishning barcha muammolari ehtiyojlarni qondirish uchun resurslarning oqilona sarf qilinishi bilan bog‘liqdir. Chunki har qanday jamiyatda ehtiyojlar cheksiz, ammo tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurslar cheklangan.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin