1. iqtisodiyotga kirish



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə5/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Nomoddiy ne’matlar- inson qobiliyatlarining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar (sog‘liqni saqlash, san’at, teatr, muzey, ta’lim va h.k). Ishlab chiqarish resurslardan foydalangan holatda tovar va xizmatlar ishlab chiqariladi.

Iqtisodiy bo‘lmagan ne’mat insonga tabiat tomonidan taqdim qilinadi, ya’ni ularni yaratishda inson qatnashmaydi, o‘z mehnatini sarflamaydi. Ushbu ne’mat turi ehtiyojlarga nisbatan cheksizdir (havo,suv,quyosh nuri). Iqtisodiy ne’mat - bu insonning mehnati mahsulidir, inson iqtisodiy faoliyatining obyekti yoki natijasi hisoblanadi va u cheklangandir. Iqtisodiy ne’mat tovar va xizmat shaklida bo‘ladi. Tovar moddiy shaklga ega bo‘ladi va ishlab chiqariladi, masalan televizor, shim, ruchka. Xizmat moddiy shaklga ega bo‘lmaydi va u ishlab chiqarilmaydi, balki ko‘rsatiladi, masalan yuridik, tibbiy, ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, savdo, turizm. Odam uchun zarur bo‘lgan ahamiyati o‘sib borayotgan ne’matlar orasida xizmatlar alohida o‘rin egallaydi. Xizmatlar - bu insonning maqsadga muvofiq faoliyati bo‘lib, uning natijasi insonning har qanday ehtiyojlarini qondiradigan foydali samarada namoyon bo‘ladi. Xizmatning o‘ziga xos xususiyati uning moddiy shaklga ega emasligi, foydali samaraga ega inson faoliyati (mehnati) natijasidir.
Iqtisodiyotning vujudga kelishi va rivojlanishi insonlarning ehtiyojlari bilan uzviy bog‘liqdir. Ma’lum ehtiyojlarning qondirilishi o‘z navbatida yanada yuqoriroq ehtiyojlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ehtiyojlarning o‘sishi cheksizdir. Ishlab chiqarishning rivojlanishi ehtiyojlarning doimo o‘sishi qonunini keltirib chiqaradi. Ehtiyojlarning miqdoran ko‘payib va sifat jihatidan esa takomillashib borishi, tarkiban doimo yangilanib turishiga ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni deyiladi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni birinchidan, ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasida aloqa bog‘lanishlarning doimo mavjudligini ko‘rsatadi, ikkinchidan esa, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarning rivojlanishi bilan inson ehtiyojlarining yuksalib borishini, uning miqdori o‘sib, tarkiban yangilanib borishini ifodalaydi. Ehtiyojlarning yuksalishi murakkab tarzda kechadi. Iqtisodiyotning davriy harakatida bir tomondan, ishlab chiqarishning erishgan darajasi, ikkinchi tarafdan, miqdor va sifat nuqtayi nazaridan o‘sgan jamiyat ehtiyojlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi. Ushbu ziddiyat iqtisodiyotning rivojlanishini o‘ziga xos harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi.
Shunday qilib, ehtiyojlar kishilik jamiyati rivojlanishi bilan o‘zgarib boradi, ba’zi ehtiyojlar yo‘qoladi, boshqalari paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, ehtiyojlar ularni qondirish imkoniyatlariga nisbatan ham ancha tez o‘sib bormoqda. Ehtiyojlar cheksizdir. Ehtiyojlarni qondirish uchun resurslar, ishlab chiqarish omillari zarur.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin