1. iqtisodiyotga kirish


Talab omillariga ishlab chiqarilgan mahsulotga jamiyatning umumiy talabini oshiradigan va ana shu yo‘l bilan iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradigan omillar kiradi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə155/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Talab omillariga ishlab chiqarilgan mahsulotga jamiyatning umumiy talabini oshiradigan va ana shu yo‘l bilan iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradigan omillar kiradi:
- daromadlarning miqdori, daromad darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa shunchalik talab oshadi.
- davlatning fiskal siyosati, soliq stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa daromad miqdori kamayadi, demak talab ham past bo‘ladi va aksincha.
- aholining jamg‘arishga moyilligi real talabni pasaytiradi, demak iqtisodiy o‘sish imkoniyatlari ham pasayadi.
Iqtisodiy o‘sishga erishish uchun resurlarning taqsimlanishi oqilona tashkil etilgan bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarish jarayonida resurslarning maksimal va oqilona jalb etilishi, iqtisodiy aylanmaga jalb etilayotgan resurslardan samarali foydalanish iqtisodiy o‘sishning taqsimlash omillarini tashkil etadi. Iqtisodiy o‘sishning talab, taklif va taqsimlash guruh omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, o‘zaro ta’siri va birgalikdagi harakati to‘g‘risidagi tasavvurni ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i beradi.
Ushbu egri chiziq insonning tabiiy resurslar, asosiy kapital va mavjud texnologiyalarning ma’lum miqdori va sifati bilan ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan turli xil tovarlarning ishlab chiqarish kombinatsiyalarini aks ettiradi (14.1-rasm). Rasmda mavjud imkoniyatlar egri chizig‘idagi har qanday nuqta ikkita tovarni ishlab chiqarishning maksimal hajmini ko‘rsatadi. Agar mamlakatda ishlab


14.1-rasm. Iqtisodiy o‘sish natijasida milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi
chiqarish hajmi, ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘idagi nuqtaga to‘g‘ri kelsa, ishlab chiqarish jarayonida omillar samarali qo‘llaniladi.
Egri chiziq ichidagi har bir nuqta omillarning samarasiz qo‘llanilishini, orqasida joylashgan barcha nuqtalar esa resurslar cheklanganligi natijasida ishlab chiqarishning darajasi yetarli emasligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy o‘sish ilgari foydalanilmagan ishlab chiqarish omillari qo‘llanila boshlanganida va iqtisodiyot ichki nuqtadan ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig‘idagi nuqtaga o‘tganda yuz beradi. O‘sish ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig‘i o‘ngga siljiganda ham kuzatiladi.
Iqtisodiy o‘sishning zarurligini barcha iqtisodchilar tan oladilar, ammo iqtisodiy o‘sishga erishishning eng samarali usullari to‘g‘risida turli xil fikrlar mavjud. Xususan bir xil iqtisodchilar asosiy kapitalga kapital qo‘yilmalarni ko‘paytirishni, boshqalari ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni rag‘batlantirishni taklif qiladilar. Iqtisodiy o‘sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo‘llaniluvchi «70 miqdori qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko‘ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o‘sish sur’atiga bo‘lish kerak bo‘ladi. Masalan, mamlakatimizdagi o‘sish sur’atining 9,5% darajasida YaIMni 2 baravar oshirish uchun 7,3 yil talab etiladi (70:9,5). Xolbuki, iqtisodiy o‘sishning 2000 yildagi 4,0% darajasida bu ko‘rsatkichga 17,5 yilda (70:4) erishish mumkin edi. Keyingi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atining yanada oshirilishi bu muddatning ahamiyatli ravishda qisqarishiga olib keladi.



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin