1. iqtisodiyotga kirish



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə63/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Mahsulot turi




Ishlab chiqarish imkoniyatlari


A


B


D


E


F

X tovar, mln. dona


0

1

2

3

4

U tovar, ming.kg

14

12

9

5

0


Jadvalga asoslanib ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ini chizamiz. Egri chiziq resurslarni to‘liq qo‘llash chegarasini ko‘rsatadi.


6.1-rasm. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i

Keltirilgan misol shundan dalolat byerayaptiki, to‘liq bandlik iqtisodiyoti har doim altyernativdir, u har doim resurslarni qayta taqsimlash yo‘li bilan ishlab chiqarish turlari o‘rtasida tanlash lozim ekanligini ko‘rsatadi.
To‘la bandlik iqtisodiyoti sharoitida Y va X mahsulotlarni yaratish mumkin bo‘lgan kombinatsiyalar nuqtalari (A,B,V,G,D) ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ida yotadi. Egri chiziqda yotuvchi nuqtalar altyernativ mahsulotlar ishlab chiqarishning mumkin bo‘lgan nisbatlarini aks ettiradi.
Jamiyat zarur resurslarning yo‘qligi sababli bir vaqtning o‘zida Y va X mahsulotlarni ishlab chiqarishni oshirib egri chiziq tashqarisidagi N nuqtaga o‘ta ololmaydi. Ishlab chiqarish quvvatlari to‘liq yuklanmaganligi yoki ishsizlik sharoitida Y va X mahsulotlarni ishlab chiqarishning har xil kombinatsiyalari egri chiziqda emas balki uning ichida, masalan S nuqtada bo‘ladi. Bu nuqta qo‘shimcha resurslardan foydalanish orqali mamlakatdagi ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish mumkinligini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i bir vaqtning o‘zida mumkin bo‘lgan va istalgan mahsulotni ishlab chiqarish miqdorini ham ko‘rsatadi. Grafikdan shuni ko‘rish mumkinki, ming dona X tovarni ishlab chiqarish uchun ikki ming kg Y mahsulotni ishlab chiqarishdan voz kechish lozim. (ularni ishlab chiqarishni 14 ming kg dan 12 ming kg gacha kamaytirish lozim) Endi X tovarni bir ming donadan 2 ming donagacha oshirish uchun Y tovarni ishlab chiqarishni 5 ming kg ga kamaytirish lozim (14 dan 9 gacha) , keyingi holda X tovarni uch ming donaga ko‘paytirish uchun Y tovarni ishlab chiqarishni 9 ming kgga kamaytirish lozim. Iqtisodchilar bir mahsulot hajmini ishlab chiqarish uchun voz kechilgan ikkinchi mahsulot hajmini altyernativ xarajatlar ishlab chiqarish deb ataydilar. Bizning misolimizda X tovar uchun Y tovar qisqartirilgan hajmlari (2,5,9, ming dona) altyernativ xarajatlardir. Xuddi shu holat X tovarni kamaytirish hisobiga Y tovarni ishlab chiqarishni ko‘paytirishda ham kuzatiladi. Misolimizda altyernativ xarajatlarning oshib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunda X tovarni ishlab chiqarish uchun Y tovarni ishlab chiqarishni kamaytirish yoki Ytovarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun X tovarni ishlab chiqarishni qisqartirish shart ekanligini ko‘rish mumkin.
Demak X va Y mahsulotlarni ishlab chiqarishning muqobil harajatlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ushbu tovarlardan birining ishlab chiqarish hajmini xar gal oshirish ikkinchi tovarni ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga majbur qiladi. Bu holat iqtisodiyotda muqobil xarajatlarni oshib borish qonuni amal qiladi degan xulosaga kelishga imkon beradi: bitta mahsulot guruhining ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan boshqa mahsulot guruhida ifodalangan mahsulot birligiga xarajatlarning o‘sishi muqarrardir.
Ushbu qonunning amal qilishining asosiy sababi - bu resurslarning (ishchilarning turli xil mutaxassisliklari, turli xil texnologiyalar va ishlab chiqarish vositalari va boshqalar) bir-birining o‘rnini to‘liq bosa olish xususiyatiga ega emasligidadir, shuning uchun ishlab chiqarishni bir mahsulotdan boshqasiga o‘tkazish mavjud resurslarni iste’mol qilishni ko‘paytirishni talab qiladi va ishlab chiqarishning umumiy rentabelligini pasaytiradi. Bu ishlab chiqarish egri chizig‘ining do‘ngligida namoyon bo‘ladi. Agar resurslar bir-birining o‘rnini bosa olganda ya’ni resurslar bir birini almashtirsa, muqobil xarajatlar doimiy bo‘lib qolavyerar edi, ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i to‘g‘ri shaklda bo‘lar edi.
Keltirilgan misol shundan dalolat byerayaptiki, to‘liq bandlik iqtisodiyoti har doim altyernativdir, u har doim resurslarni qayta taqsimlash yo‘li bilan ishlab chiqarish turlari o‘rtasida tanlash lozim ekanligini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish hajmi iborasi uning ko‘lami bo‘lib, yaratilgan mahsulot va xizmatlar hajmini bildiradi. Iqtisodiyotda ko‘lam samaradorligi mahsulot ishlab chiqarish qulay bo‘lishini bildiradi. Bir yerda yirik ishlab chiqarish samarali bo‘lsa, bir yerda kichik ishlab chiqarish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aholi ko‘p joyda supyermarket samarali bo‘lsa , aholi kam bo‘lgan joyda kichik do‘kon samarali bo‘ladi. Ko‘lam samarasi bu muayyan ko‘lam sharoitida eng yaxshi natijaga yerishish hisoblanadi. Ko‘lam – bu ishlab chiqarish hajmi bo‘lib, ishlab chiqarish omillaridan naqadar unumli foydalanilganlikni ko‘rsatadi.10 2017- 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasining «Iqtisodiyotni rivojlantirish va libyerallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari» deb nomlangan uchinchi yo‘nalishida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modyernizatsiya va divyersifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish yo‘nalishida yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modyernizatsiya va divyersifikatsiya qilish vazifasi qo‘yilgan. Bu vazifani bajarish engo avvalo mablag‘ talab etadi. Buning uchun esa ishlab chiqarishni modyernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borishni talab etadi. Bu esa mamlakatimizda ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshiradi. Natijada aholining turli tovar va xizmatlardagi ehtiyoji to‘laroq qondiriladi, daromadlari va turmush darajasi oshib boradi.
Samaradorlik muammosi iqtisodiyot nazariyasida asosiy muammo bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy nazariya jamiyatda mavjud aholining cheklanmagan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yo‘llarini tadqiq etadi. Samaradorlik ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan resurslar miqdori birligi va bu jarayondan olinadigan mahsulot hajmini haraktyerlaydi, ya’ni “xarajat va ishlab chiqarish” muammosini qamrab oladi.11

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin