Bozor muvozanatini ta’minlash. Bunda narx bozordagi talab va taklifga ta’sir ko‘rsatish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi- bu muvozanatli narx bo‘lib, u bozorda talab va taklif miqdori teng bo‘lgan holatda shakllanadi.
Iqtisodiy regulyatorlik funksiyasi. Narx bozor mexanizmining elementidir. Narx bozor talabi va taklifidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish hajmini tartibga soladi
Raqobat vositasi funksiyasi. Raqobat bozor mexanizmining elementidir. Narx yordamida kurash raqobatning asosiy usulidir. Narxni pasaytirish orqali bu kurashda yutib chiqish mumkin.
Hisob – kitob funksiyasi. Tovarni ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, ko‘rilgan foyda-zarar uning nafliligi, bajarilgan ish hajmining barchasi ma’lum narxlar asosida hisob –kitob qilinadi.
Narx turli omillar ta’sirida shakllanadi:
Ishlab chiqarish harajatlari qanchalik kam bo‘lsa narx shunchalik past bo‘ladi, agarda ishlab chiqarish harajatlari miqdori ko‘p bo‘lsa narx shunchalik yuqori bo‘ladi. Tovarni ishlab chiqaruvchi taklif qilgan narxda (xarajat+foyda) sotilishi unga qilgan xarajatlarning jamiyat tomonidan tan olinganligini bildiradi.
Tovar nafliligining yuqori ekanligi uning iste’molchilarning ehtiyojlarini yuqori darajada qondira olishidan dalolat beradi. Iste’molchilar ehtiyojlarining qondirilish darajasi yuqori bo‘lsa, iste’molchi yuqori narx to‘lashga rozi bo‘ladi.
Talab bilan taklif o‘rtasidagi nisbat. Agar biror bir tovarga talab miqdori, uning taklifi kam bo‘lsa, narx yuqori, aksincha yuqori bo‘lsa, narx past bo‘ladi.
Raqobat taklif orqali narxga ta’sir qiladi. Agar raqobatchilar soni ko‘p bo‘lsa narx pasayadi, agar oz bo‘lsa, o‘zaro til biriktirib olsalar, narx baland bo‘ladi. Bunda gap tovar oz-ko‘p bo‘lganida emas, balki tovarni necha kishi taklif etishidadir.