1. iqtisodiyotga kirish


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə73/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Ishlab chiqarish omillari va resurslar tushunchalari o‘rtasidagi umumiy va farq qiluvchi jihatlarini tushuntirib bering.
2. Iqtisodiy samaradorlik nima?
3. Ishlab chiqarish imkoniyatlariga ta’rif bering
4. Muqobil xarajatlarni kamayib borish qonuni qanday bog‘liqlikni aks ettiradi?
5. Iqtisodiyotda texnologik tanlash muammosini siz qanday tushunasiz?
6. Ishlab chiqarish ko‘lami va ko‘lam samarasi tushunchalarni yoritib bering

7. Ishlab chiqarish sarf-harajatlarining mohiyati va tarkibini tushuntiring.

8. Qisqa uzoq muddatli davrdagi ishlab chiqarish harajatlari o‘rtasida farqlar nimalardan iborat?
7. MUKAMMAL BOZOR VA MONOPOLIYA
7.1. Bozor tuzilmasi. Mukammal raqobat: tavsifi va asosiy belgilari

Bozor raqobati va boshqa bir qator jarayonlar amalga oshadigan sharoit bozor tuzilmasi deyiladi. Bozor tuzilmasi bir qator xususiyatlarga ega. Xususan:
- korxonalarning soni va miqyosi;
- taklif etilayotgan tovarlarning turlari;
- narxlar ustidan nazorat qilish darajasi;
- tarmoqqa kirish va chiqish sharoitlari va boshqalar.
Bozor tuzilmalarining xilma-xilligiga qaramasdan odatda uning to‘rtta turi (bozor modeli) ajratiladi (7.1-jadval). Bular: 1) sof raqobat yoki mukammal raqobat; 2) monopolistik raqobat; 3) oligopoliya; 4) sof monopoliya.
Bu tuzilmalarning har biri avvalo korxonalarning bozor narxiga ta’sir eta olishi bilan farqlanadi. Qanchalik bu ta’sir kam bo‘lsa, shunchalik bozor raqobatli hisoblanadi.
Ko‘rsatilgan bozor modellarini real voqelik bilan solishtirilganda, sof (mukammal) raqobat va monopoliya juda kam hollarda uchraydi, monopolistik raqobat va oligopoliya hayotda ko‘proq uchraydi. Mukammal yoki sof raqobat - bu bozor tuzilmasi bo‘lib, bunda individual xaridorlar va sotuvchilar yakka o‘zi bozor narxiga ta’sir qilolmaydilar, balki uni bozor talabi va bozor taklifiga qo‘shgan umumiy hissalari bilan shakllantiradilar.

7.1- jadval12




Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin