Boshqacha qilib aytganda, bu xaridor va sotuvchilarning bozordagi xatti-harakatlari mavjud bozor sharoitlariga moslashish uchun mo‘ljallangan bozor tuzilishining bir turi.
Mukammal raqobat uchun quyidagi belgilar xos (7.1-jadval):
- ko‘plab kichik korxonalar (sotuvchilar) va xaridorlarning mavjudligi - mahsulotning bir xilligi (standartlashtirilgan mahsulot), ya’ni raqobatlashayotgan firmalar tomonidan taqdim etiladigan mahsulotlar bir xil va bir-birining o‘rnini bosa oladi.
Standartlashtirilgan mahsulot - bu turli xil korxonalar tomonidan taqdim etiladigan, ammo xaridorlar tomonidan barcha holatlarda bir xil deb qabul qilingan mahsulotdir. Masalan, sut, sariyog‘, bir xil nav va sifatdagi don kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari. Shuningdek, birjalarda sotiladigan tovarlar, masalan, kofe, paxta, metallar, qimmatli qog‘ozlar va valyutalar ham standartlashtirilgan mahsulotlar sirasiga kiradi;
- bozorga yerkin kirish va chiqish (mavjud firmalar uchun bozorga kirish yoki chiqish uchun to‘siqlar yo‘q);
- sotuvchilar va xaridorlarning bozor holati to‘g‘risida xabardorligi, axborot bozor subyekti orasida bir zumda tarqaladi va hech qanday xarajat talab qilmaydi;
- sotuvchilar va xaridorlar narxlarga ta’sir qila olmaydi;
- resurslarning harakatchanligi;
Mukammal raqobat - bu ilmiy abstraksiya, ideal bozor tuzilmasi hisoblanib, boshqa turdagi bozor tuzilmalari bilan taqqoslash uchun etalon vazifasini bajaradi. Mukammal raqobat o‘zining mavhumliliga qaramay, metodologik va amaliy ahamiyatga ega. Uslubiy ma’noda bu korxona harakatlari mantig‘ini tushunishga imkon beradi. Amaliy jihatdan mukammal raqobat modeli kichik korxonalarning harakat qilish tamoyillarini baholashga imkon beradi.
Mukammal raqobatning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarish texnologik jihatdan samaraliroq amalga oshiriladi;
- resurslarni taqsimlash optimal tarzda amalga oshiriladi;
- korxonalarning zararsizligi va barqarorligi.
Mukammal raqobatning kamchiliklari:
- unumdorligi yuqori uskunalardan foydalaish qobiliatiga ega emasligi, chunki, mukammal raqobat bozorida yirik kapitalga ega bo‘lmagan ko‘plab kichik korxonalar harakat qiladi;
- ilmiy-texnik taraqqiyotni rag‘batlantirish qobiliyatiga ega emasligi, chunki uzoq muddatli istiqbolda ITTLI katta kapitalni talab qiladi, kichik korxonalar esa bunday hajmda kapitalga ega emaslar;
- ijtimoiy tovarlarni ishlab chiqarish qobiliyatiga ega emasligi.
7.2. Mukammal bozor mexanizmi va uning harakatlanishi Xar qanday bozor uning har qanday shakli - talab va taklif, narx, raqobatdan iborat mexanizmiga asoslanadi. Aslida ushbu mexanizim yordamida bozor o‘zini o‘zi tartibga soladi. Bozor mexanizmi - bu bozorning asosiy elementlari: talab, taklif, narxlarning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’sir mexanizmidir. Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlarning iqtisodiy mavqei bozor konyunkturasiga bog‘liq. Bozor konyunkturasi —muayyan davrdagi bozor holati, u bozorda muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xaraktyerlanadi.Bozor konyunkturasi ijobiy yoki salbiy, qulay yoki noqulay bo‘lishi mumkin. Bozor konyunkturasi talabning oshishi bilan tavsiflansa, sotuvchi uchun qulay, chunki u tovarini qimmatga sotib, ortiqcha daromad ko‘radi. Agar bozorda taklif oshib ketsa, konyunktura xaridor uchun qulay bo‘ladi — tovarni arzonga olib, naf ko‘radi. Bozor mexanizmi qiymat, va naflilik qonunlariga asoslanadi.