1. iqtisodiyotga kirish


Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə80/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat.
Ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlari narxlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarnikiga nisbatan pasaytirish yo‘li bilan narx vositasida raqobatlashuv jarayoni ro‘y beradi.
Bu usulni qo‘llash uchun tadbirkor boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnika va texnologiya’ni ishlab chiqarish jarayoniga kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni samarali tashkil qilishi zarur. Faqat ana shu holatda tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini tushirish imkoniyatini beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – demping narxlarni qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo‘lgan narxlar bo‘yicha eksport qiladi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga yerishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni bartaraf etish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga xarakat qiladi.
Hozirgi davrda ishlab chiqaruvchilardan birining o‘z mahsulotiga narxni pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday harakat qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda firmalarning mavqeini o‘zgartirmaydi, faqat tarmoq bo‘yicha foydani kamaytiradi. Shu bois bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida raqobat qilish ustuvor hisoblanmaydi.

Narxsiz raqobatda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, syervis (xizmat ko‘rsatish), ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi.
Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularning sotishni rag‘batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish orqali xaridorlarni o‘ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi, lekin turli-tuman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin.
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‘rgangan va iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat kurashida yutib chiqadi. Amyerikalik iqtisodchi professorlar Kempbell R.Makkonnell va Stenli L.Bryu "raqobatning mohiyati iqtisodiyotning ikkita asosiy subyektlari - korxonalar va uy xo‘jaliklari doirasida iqtisodiy qudratni keng taqsimlanishida. Ko‘plab xaridorlar va sotuvchilar mavjud bo‘lganda ma’lum bir bozorda biron bir xaridor yoki sotuvchi bunday miqdordagi mahsulotga talab yoki taklifni taqdim eta olmaydi, bu narxga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi uchun yetarli bo‘ladi "13 deb hisoblaydilar.



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin