1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtisodiyotni barqarorlashtirishni ifadolovchi ko’rsatkichlar va ularni xisoblash O’zbekistonda



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə5/31
tarix12.03.2023
ölçüsü103,85 Kb.
#87494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtis

2-§. Ishsizlik va uning turlari.

Ishsizlik darajasini aniqlash
Mehnatga layoqatli bo'lib, ipmashni xohlagan, lekin ish bilan ta'minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo'lish xarakteri va vujudga kelish sabablariga ko'ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, ixtiyoriy, institutsonal, tnxnologik, regional, yashirin va turg'un turlarga bo'linadi.

Friksion ishsizlarga ish joyini o'zgartirgan, yangi yashash joyga ko'chib o'tish va ishdan bo'shashi munosabati bilan ish izlayotgan, vaqtinchalik mavsumiy idshli yo'qotgan kishilar kiradi.
Friksion ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb nomlanuvchi ikkinchi kategoriyaga osonlik bilan o'tadi. Vaqt o'tishi bilan iste'molchilik talabi va texnologiya tarkibida muhim o'zgarishlar ro'y beradi, bu o'z navbatida ishchi kuchiga bo'lgan umumiy talab tarkibini o'zgartiradi. Bunday o'zgarish natijasida kasblarning ayrim turlariga talab kamayadi yoki umuman talab bo'lmaydi. Oldin mavjud bo'lmagan boshqa yangi kasblarga talab ortadi. Ishchilar bunga tez moslasha olmasligi va uning tarkibi ish joylarining yangi tarkibiga to'liq javob bermasligi sababli tarkibiy ishsizlik kelib chiqadi.
Shunday qilib tarkibiy ishsizlikni iste'molchilik talabi va texnologiyadagi o'zgarishlar tufayli iqtisodiyot tarmoqlarida ruy, beraditan tarkibiy siljishlar keltirib chiqaradi. Friksion va tarkibiy ishsizlik ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil kiladi. Siklik ishsizlik —iqtisodiy siklning inqiroz fazasi I bilan bog'liq bo'lib, ishsizlikning haqiqiy darajasi tabiiy darajadan farqlanishini ko'rsatadi. Ishsizlikning bu turi majburiy ishsizlik hisoblanadi va siklning yuksalish fazasida mavjud bo'ladi.

Ixtiyoriy ishsizlik tabiiy ishsizlik turi bo'lib, bunda mehnatga layoqatli kilishilarining mehnat faoliyatidan o'z xohishi bo'yicha chetlashgan, ya'ni ishlashni xoxlamaydigan qismi tushuniladi.

Institutsional (muassasaviy) ishsizlik ham tabiiy ishsizlikning navbatdagi turi hisoblanadi. Ishsizlik bu turini mehnat bozori infratuzilmasi amal qilishi hamda shu bozorda talab va taklifni o'zgartiruvchi omillar keltirib chiqaradi.


Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin