1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtisodiyotni barqarorlashtirishni ifadolovchi ko’rsatkichlar va ularni xisoblash O’zbekistonda


va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə7/31
tarix12.03.2023
ölçüsü103,85 Kb.
#87494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtis

va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash
Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat odamlarning manfaatlarini ishoichli ravishda himoya qilishdangina iborat bo'lmasdan, balki mshiatga yaroqli aholining ish bilan bandligini ta'minlashni ham o'z ichiga oladi. Ayniqsa aholining o'siish yuqori sur'atlar bilan borayotgan va o'ziga xos aholi tarkibiga ega bo'ltan biznshp Respublikada ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlar davrida ushbu masalani hal egish uchun respublikada bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

I. Biriichidai, keng faoliyat turlari, iguningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo'jalik xom ashyosini qayta ishlash, xalq iste'mol mollarini, mahalliy xom ashyodan qurilish materialllari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag'batlaitirish.

Ikkinchidan, xizmat sohasini rivojlantirish, aholiga ko'rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat va qurilish bo'yicha xizmat turlarini ancha kengaytirish. Bunda ham qishloq joylarda xizmat sohasini rivojlantirishga ustunlik beriladi.

Uchinchidan, qishloqda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratib, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish.

To'rtinchidan, ishdan bo'shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o'qitishni tashkil etishni tubdan o'zgartirish. Bunda ishdan bo'shayotgan va ixtisosi bo'lmagan shaxslarga qisqa davrda, bozor iqtisodiyotiga hamda iqtisodiyotning o'zgarib borayotgan tuzilishiga muvofiq keluvchi kasbkorni o'rgatishga e'tibor qaratish. Shu maqsadda maxsus maslahat va o'quv markazlari, biznes maktablarning keng tarmog'ini ochish ko'zda tutiladi.

Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo'lmagan mehnatga yaroqli aholini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu siyosat ularning o'ta zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo'lishga qaratiladi.
Aholining ish bilan bandligi muammosi ko'p qirrali bo'lib, u barcha odamlarga o'z qobiliyatlarini ishga solish, o'z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta'minlovchi davlat va bozor mexanizimini vujudga keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqiari va sohalari o'rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o'z ichiga oladi.


Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin