1. Kon mashinalari



Yüklə 32,9 Kb.
səhifə5/7
tarix20.04.2023
ölçüsü32,9 Kb.
#100952
1   2   3   4   5   6   7
Doc2

Bir sharoshkali burg‘i — katta chuqurliklarda joylashgan darzli, kam abrazivli, o‘rtacha qattiqlikdagi tog‘ jinslarini rotorli usulda burg‘ilashga mo‘ljallangan. Burg‘ining sharoshkasi shar shaklida bo‘lib,ssapfa asosi tomondan xesilgai va uning markazi burg‘ining aylanish o‘qida yotadi. SHuning uchun sharoshka aylanganda jins emiruvchi asbob elementlari quduq tubidan ajramasdan tog‘ jinsiga kesish-parchalash ta’sirini ko‘rsatadi. YUvish eritmasini quduq tubiga o‘tkazib yuborish uchun dolota bitta qiya joylashgan yuvish teshigi bilan ta’minlangan. Bu dolotalarning diametri 97, 140, 190 va 214 ga teng (4-rasm).
Ekskavatorlar - kon jinslarini kovlab olib ag‘darmaga to‘kish yoki transport vositasiga yuklash uchun mo‘ljallangan er kovlaydigan mashinalardir.
Barcha ekskavatorlar ikki guruhga ajratiladi: bir cho‘michli uzlukli va ko‘p cho‘michli uzluksiz ish jarayonli.
Bir cho‘michli ekskavatorlar kam jipslashgan yumshoq jinslarni qazib oladi yoki yumshatilgan qattiq jinslarni qamrab yig‘ib oladi va o‘z navbatida ma’lum masofaga siljitadi, siljitish vaqtida qamrash yoki qazib olish to‘xtaydi; ko‘p cho‘michli ekskavatorlarda esa bu jarayonlar bir vaqtning o‘zida bajariladi.
Har qanday bir cho‘michli yoki ko‘p cho‘michli ekskavator quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi: ish bajaruvchi, mexanik, yurish va kuch berish uskunalari, boshqarish mexanizmlari, rama bilan platforma, ustki qurilmalar va kuzov.
Umumiy holda ekskavatorlar quyidagi belgilari bo‘yicha sinflarga ajratiladi:
- bajaradigan ishi turi va ishga belgilanishiga ko‘ra;
- cho‘michi hajmi (V, m3 - bir cho‘michli ekskavatorlar uchun) yoki nazariy unumdorligi (Q, m3/tonna – ko‘p cho‘michli ekskavatorlar uchun) bo‘yicha;
- ish bajaruvchi, yurish va kuch berish uskunalari turi bo‘yicha.
Bir cho‘michli ekskavatorlarning turlari va ishlatilish ko‘lami
Bir cho‘michli ekskavatorning ish jarayoni - ishssikli va xarakatlanishidan iboratdir. Ekskavator ishssikli ketma-ket bajariladigan quyidagi jarayonlardan tashkil topgandir:
kon jinsini qazish va cho‘michni to‘ldirish (qamrash);
cho‘michni zaboydan ko‘tarish;
cho‘michni yuk to‘kish joyiga burish;
cho‘michdagi yukni transport vositasiga yoki ag‘darmaga bo‘shatish;
zaboyga burilish;
navbatdagi qazish jarayonini boshlash uchun cho‘michni joyiga tushirish.

Bir cho‘michli ekskavatorlar ishga belgilanishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: qurilishga mo‘ljallangan universal, kar’er ishlariga mo‘ljallangan, ochish ishlariga mo‘ljallangan, draglayn (qadamlovchi) lar.



Yüklə 32,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin