Karьerlarda qazib-yuklash ishlari kon massasini kavjoydan ajratib olib, uni transport vositalariga yoki kon jinslari ag‘darmalariga eltib berishni o‘z ichiga oladi. Qazish va yuklash ishlarini, asosan ekskavatorlar bajaradi. SHu sababli qazish va yuklash ishlari bitta jarayon bo‘lib, qazish-yuklash ishlari deb yuritiladi. Karьer (razrez)larda qazib-yuklash ishlari uzlukli(sikli) va uzluksiz prinsipda ishlaydigan ekskavatorlar yordamida bajariladi. Bir cho‘michli ekskavatorlar, yuklagichlar, g‘ildirakli skreperlar, buldozerlar va shu kabi mexanizmlarssiklli qazib-yuklovchi mashinalar hisoblanadi. Bu mashinalarning ishchi organi davriy ravishda xarakatlanuvchi faqat bitta cho‘mich yoki qirqish unsuri (buldozer pichog‘i-lemexi) dan tashkil topadi.
SHpurlar (diametri 75 mm gacha va chuqurligi 5 m gacha bo‘lganssilindrik kon laximi) va skvajinalar (chuqurligi 5 m dan oshiq va diametri katta yoki har qanday diametrli) hosil qiluvchi kon mashinasiga burg‘ulash mashinasi deyiladi.
Burg‘ulash mashinalari – bu umumiy tushuncha bo‘lib, bular qo‘l va kolonkali parmalar, burg‘ulash qurilmalari, ochiq konlarda va er ostida ishlatiluvchi burg‘ulash stanoklaridir.
Skvajinalar o‘tishda burg‘ulash va kon jinslarini bo‘laklash usullari.Buzishning mexanik uslubiga aylanma, zarbli-burama, zarbli-aylanma va aylanma-zarbli burg‘ulashlar kiradi.
Kon jinslarini fizik uslub bilan burg‘ulashga gaz, suyuqlik, elektr toki, issiqlik yoki boshqa energiya turlari bilan ta’sir qilib burg‘ulashlar kiradi. Burg‘ulashning bu turiga yana olov (termik), portlash, ulьtratovush, gidravlik va elektrogidravlik burg‘ulashlar ham kiradi.
Konjinslarini aralash uslub bilan burg‘ulashda konjinsiga mexanik va fizik uslub bilan bir vaqtda ta’sir ko‘rsatiladi. Bu uslubga termomexanik uslub bilan burg‘ulash misol bo‘la oladi.
Aylanma burg‘ulash - burg‘ulash instrumentida aylanuvchi moment Mkr va instrumentning o‘qi yo‘nalishidagi bosim kuchi Ros borligi bilan xarakterlanadi (1-rasm, a). Burg‘ulash instrumentining o‘qi burg‘ulanilayotgan skvajina yoki shpurning o‘qiga mos bo‘lib ikki kuch ta’sirida instrument shpur yoki skvajinaning zaboyi tomon yo‘naltiriladi. Konjinsining buzilishi qirqish, ezish va yanchish hisobiga amalga oshiriladi.
Aylanma burg‘ulash shpur yoki skvajinalar burg‘ulaydigan parmalarda amalga oshiriladi.
Zarbli — burama burg‘ulash, burg‘ulash instrumentida zarb impulьsi Rud, uncha katta bo‘lmagan buruvchi momenti Mkr va o‘q yo‘nalishi bo‘ylab kichik siquvchi kuch ta’sirida amalga oshiriladi (1-rasm, v).
Zzarb impulьsi instrumentni buzilayotgan konjinsiga botirish uchun, buruvchi momenti instrumentni har bir zarbdan so‘ng ma’lum, burchakka burishga, o‘q yo‘nalishi bo‘yicha ta’sir etuvchi kichik siquvchi kuch esa instrumentni buziladigan konjinsi yuzasiga tegib turishini, ya’ni har bir zarbdan oldin siqib ushlab turishga xizmat qiladi.
Zarbli—burama burg‘ulash usuli odatda qattiq konjinslarini (f = 6 20) burg‘ulash ishlarida qo‘llaniladi.
Zarbli—burama usulida ishlaydigan mashinalar perforator deb atalib, ular yordamida chukurligi 5—12 m va undan ko‘p, diametri 20—150 mm bo‘lgan shpur, hamda, skvajinalar burg‘ulanadi.
Ochiq konlarda ishlatiladigan zarbli-kanatli burg‘ulash mashinalarida diametri 300 mm gacha va chuqurligi 40 m va undan ko‘p bo‘lgan skvajinalar burg‘ulanadi.
Zarbli—aylanma burg‘ulash, zarbli—burama burg‘ulash kabi kuchlar bilan xarakterlanib, undan zarb Rud uzluksiz aylanib turuchi burg‘ulash instrumentiga berilib turish bilan farq qiladi. Bunday usulda burg‘ilashda Ros kichik o‘q yo‘nalishidagi bosim kuchi ham). Bu burg‘ulash rejimi og‘ir burg‘ulash mashinalarida va burg‘ulash agregatlarida diametri 150 mm, chuqurligi 100 m gacha bo‘lgan skvajinalarni qattiq konjinslarida burg‘ulashda ishlatiladi.
Aylanma—zarbli burg‘ulash, burg‘ulash mashinalarini instrumentiga uni o‘qi bo‘ylab nisbatan katta kuch Ros, zarb impulьsi Rud va aylanish momenti Mkr ga ega ekanligi bilan xarakterlanadi (1-rasm,g).
Bu usulda konjinsi instrumentga ta’sir qiluvchi zarb kuchi, aylanish momenti va o‘q yo‘nalishi bo‘yicha ta’sir qilayotgan kuch hisobiga buziladi.
Aylanib — urib burg‘ulash uslubi qattiq konjinslari (f = 5 14) da yaxshi natija berib og‘ir burg‘ulash mashinalari yordamida diametri 100 mm gacha bo‘lgan shpur hamda skvajina burg‘ulashda ko‘llaniladi.
Olovli (ognevoy) — termik burg‘ulash hamma fizik burg‘ulash uslublar ichida eng ko‘p qo‘llanilib diametri 300 mm gacha chuqurligi 30 m gacha bo‘lgan skvajinalar burg‘ulashda qo‘llaniladi.
Bu uslubda konjinsini buzilish jarayoni skvajina zaboyida yuqori temperatura (2000—2500°C) ta’sirida potensiallar farqi hosil bo‘lishi hisobiga sodir bo‘ladi.
YUqori temperatura ishchi organ yo‘naltirgichidan 2000 m/s tezlikda otilib chiquvchi gaz oqimi hisobiga amalga oshiriladi. YUqori temperatura va tezlikda otilib chiquvchi gaz oqimi konjinsini yuzida yorilish, sinish va chaqnashlash hosil bo‘lib zaboyda buzilish hosil bo‘ladi. Bu mayda konjinslar fraksiyasi skvajinadan par-gaz aralashmasi hisobiga olib chiqiladi.
Portlatib burg‘ulash suyuq yoki qattiq portlovchi modda patronlari yordamida amalga oshiriladi. Bu usulda skvajinani yuvib chiqaruvchi suyuqlikka truba orqali suyuqlik yoki qattiq portlovchi modda patronlari ma’lum chastota orqali yuborilib turiladi. Bu patronlar zaboy devorlariga tegib urilishi hisobiga portlaydi va konjipsini buzilishga olib keladi.
YOki maxsus trubalar orqali skvajina zaboyiga portlovchi moddaning suyuq komponentlari tushiriladi, undan keyin shu komponentlarga ularni portlatuvchi kaliy va natriy tushirib komponent portlatiladi. Bu uslub hozir sinash stadiyasida.
Termomexanik uslubi bilan burg‘ulash, aralash burg‘ulash uslubi bo‘lib, bunda, skvajina zaboy yuzasida unga yuqori temperaturali gaz oqimi yuborilib oldindan kuchlanish hosil qilinadi, shuni hisobiga unga mexanik uslub bilan ta’sir etilsa konjinsi oson buzilib samarali burg‘ulash jarayoni sodir bo‘ladi.
Hozir burg‘ulash jarayonida sinashdan o‘tayotgan bu uslub unumdorlikni faqat mexanik (sharoshka) uslubi bilan burg‘ulashga nisbatan 30—50 % oshiradi.