1. Kon mashinalari


Burg‘ulash stanoklarining asosiy ko‘rsatgichlari



Yüklə 32,9 Kb.
səhifə3/7
tarix20.04.2023
ölçüsü32,9 Kb.
#100952
1   2   3   4   5   6   7
Doc2

Burg‘ulash stanoklarining asosiy ko‘rsatgichlari – burg‘ulanayotgan skvajinaning diametri, chuqurligi va qiyalik burchagi hisoblanadi.
Burg‘ulash stanoklari turini standart skvajina diametrlari belgilab beradi. Konchilik ishlab chiqarishida standart 100, 125, 160, 200, 250, 320 va 400 mm diametrli skvajinalardan foydalaniladi. Ushbu diametrdagi skvajinalarni burg‘ilash uchun GOST bo‘yicha quyidagi stanoklar ishlab chiqarilgan.
SBSH – sharoshkali dolotali aylantirib burg‘ilovchi stanok. Maydalangan kon jinslari havo yordamida chiqaziladi. SBSH stanoklarining beshta modeli ishlab chiqarilgan bo‘lib nominal diametri 160 mm dan 400 mm gacha skvajinalarni burg‘ilashga mo‘ljallangan. Ishlatilish ko‘lami – kon jinsinnig qattiqligi f = 6-18.
Hozirgi vaqtda aylantirish bilan burg‘ilovchi stanoklarning SBSH-200, SBSH-250, SBSH-320 va SBSH-400 (Rossiya) kabi turlari keng ko‘lamda ishlatilmoqda. SBSH-200 stanogining 4 ta modeli 215 va 244 mm diametrdagi skvajinalarni burg‘ilash uchun ishlatilmoqda. Bu stanoklar 2SBSH-200-32, 2SBSH-200-40; 4SBSH-200-40 va 3SBSH-200-50 (oxirgi sonlar stanokning burg‘ilash chuqurligi (metrda) ni ifodalaydi).
SBSH-250 stanogining ikkita turi mavjud: SBSH-250 MNA-32 va SBSH-250-55, Burg‘ilaydigan skvajinalari diametri 244 va 269 mm. Diametri 320 mm va chuqurligi 36 m gacha bo‘lgan veritkal skvajinalarni burg‘ilash uchun SBSH-320 stanoklari xizmat qiladi. Ko‘pchilik stanoklar burg‘ilash stavini skvajina zaboyiga 300 kN, 2SBSH-200-32 stanogi – 250 kN gacha, SBSH-250-55 stanogi – 350 gacha va SBSH-320 stanogi – 600 kN gacha kuch bilan uzatishni ta’minlaydi.
Barcha stanoklarda skvajinani tozalash uchun vintli kompressorlar bilan ta’minlangan va gusenitsali yurish organiga ega. Stanoklarning massasi 50 t dan 110 t gachani tashkil etadi.


Burg‘ilash stanoklari ishchi uskunalari
Burg‘ilash stanoklari ishchi uskunalari burg‘ilash asbobi, machta, machtani ko‘tarish va tushirish, shtangalarni saqlash va uzatish, burg‘ilash stavini echish va qotirish mexanizmlaridan tashkil topgan.
SHaroshkali stanoklar burg‘ilash asbobi burg‘ilash shtangasi va sharoshkali dolotadan tashkil topgan. SHaroshkali burg‘ilash stanoklarida uchsharoshkali dolota eng ko‘p ishlatiladi. Bir va ikki sharoshkali dolotalar chegaralangan doiralarda, ko‘p sharoshkali dolotalar esa katta diametrli (490 mm dan oshiq) skvajinalarni hosil qilishda ishlatiladi.
Uchsharoshkali doloto sharoshkalar o‘rnatiladigan bir-biriga payvandlangan uchta panjadan iborat. Panjalarning yuqori qismi kesik konus shaklida birlashtirilgan bo‘lib burg‘ilash shtangasini qotirish uchun rezьba hosil qilingan. Dolotaning sharoshkalari va panjalari 20XN3A, 12XN2, 17N3MA po‘latlariga ximiyaviy va termik ishlov berish bilan tayyorlanadi.
SHaroshkali dolotalar konstruksiyasi bo‘yicha: tishli (tishlar sharoshkaning materiali bilan bir xil); shtirli (shtir uchiga pona yoki sferik ishchi yuzalissilindrik qattiq qotishma yopishtiriladi); tishli-shtirli.ssilindrik qotishma VK88 yoki VK11V qattiq qotishmasidan tayyorlanadi.
1. Kesib parchalovchi burg‘ilar yumshoq (yopishqoq, plastik) tog‘ jinslari (loy, qum, gil, yumshoq mergel, bo‘r)ni burg‘ilashga mo‘ljallangan. Lekin burg‘ining ishchi qirrasini tez ishdan chiqishi sababli qattiq orazivli tog‘ jinslarini burg‘ilashga yaroqsiz hisoblanadi. SHuning uchun burg‘ilanayotgan tog‘ jinslarining mustahkamligiga qarab burg‘i tig‘iga har xil shakllar beriladi. Burg‘ining eyilishga chidamliligini oshirish uchun pastki qismiga yoki qirralariga qatgiq qotishmalar yopishtiriladi.

Yüklə 32,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin