Qurilishga mo‘ljallangan universal ekskavatorlar qurilishda er ishlarini va yuklash ishlarini bajarishga mo‘ljallangandir.
Kar’er ekskavatorlariruda va ko‘mir qazib olish ka’erlarida ishlash uchun mo‘ljallangan. Bu ekskavatorlar turli qattiqlikdagi kon jinslarida ishlashi uchun almashtiriladigan cho‘michlar bilan ta’minlanadi.
Ochish ishlariga mo‘ljallangan ekskavatorlar foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda ochish ishlarini transportsiz tizimda bajarishga xizmat qiladi.
Qadamlovchi (draglayn) ekskvatorlar o‘zi turgan tekislikdan pastdagi va tepadagi zaboyni ishlashga va ag‘darmaga eltishga, hamda kon jinslarini ag‘darmaga qayta ekskavatsiya qilishga mo‘ljallangan.
Bir cho‘michli ekskavatorlarning quyidagi tiplari mavjud:
EO – gusenitsali va pnevmog‘ildirakli qurilishga mo‘ljallangan teskari cho‘michli ekskavatorlar. Bu ekskavatorlarning cho‘michlari sig‘imi 0,16-2,5 m3 ni tashkil qiladi.
EKGS – kar’er va qurilish ishlariga mo‘ljallangan gusenitsali ekskavator. Bu ekskavatorlarning cho‘michlari sig‘imi 1,25 - 8 m3 ni tashkil qiladi.
EKG - kar’er ishlariga mo‘ljallangan gusenitsali ekskavator. Bu ekskavatorlarning cho‘michlari sig‘imi 2 - 20 m3 ni tashkil qiladi.
EVG -ochish ishlariga mo‘ljallangan gusenitsali ekskavator. Bu ekskavatorlarning cho‘michlari sig‘imi 15 - 100 m3 ni tashkil qiladi.
ESH – qadamlovchi draglaynlar. Ularning cho‘michlari sig‘imi 4-125 m3 ni tashkil qiladi.
ishlash prinsipi Bir cho‘michli ekskavatorlar ikkita asosiy qismdan tashkil topgan: pastki yurish qismi va yuqorigi burilish qismi.
YUrish qismi mashina og‘irligini va ish vaqtida hosil bo‘ladigan qo‘shimcha og‘irliklarni qabul qilib zaminga uzatadi, hamda ekskavator harakatlanishini ta’minlaydi.
Burilish qismi kuch berish qismlari, mexanizmlar va ishchi uskunalari joylashgan buriluvchi platformadan tashkil topgan.
Buriluvchi platforma tayanch-burilish qurilmasi orqali yurish ramasiga o‘tiradi va vertikal o‘qda gorizontall tekislik bo‘ylab burilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buriluvchi platformaning gorizontall tekislikda burilish burchagiga bog‘liq ravishda ekskavatorlar to‘liq buriluvchi yoki to‘liqsiz buriluvchi deb ataladi. Ochiq kon ishlarida ishlatilayotgan barcha bir cho‘michli ekskavatorlar to‘liq buriluvchi ekskavatorlardir.
Ochiq kon ishlarida ishlatiladigan bir cho‘michli ekskavatorlar ishchi uskunalarining turlari asosan – to‘g‘ri lopatali ekskavator va draglaydir. Ba’zi hollarda teskari lopatali ekskavator, greyfer va strug ishlatiladi.
To‘g‘ri lopatali ekskavatorlarning asosan to‘rtta turi ishlab chiqariladi: suriladigan rukoyat bilan kuch beruvchi, tirsak-richag bilan kuch beruvchi, “Superfront” ishchi uskunasi bilan kuch beruvchi va gidravlik kuch beruvchi ekskavatorlar.