Karьer gidravlik ekskavatorlari EG-12AU va EG-20U cho‘michlari sig‘imi 12 va 20 m3. Ishchi uskunalarining barchasi alohida gidravlik yuritmalarga ega.
Gidravlik ekskavator (3-rasm) larda strela 1, rukoyat 2 va cho‘mich 3 bir-birlari bilan sharnirli bog‘langan. Strela ekskavator korpusi bilan ham sharnirli bog‘langan. Ekskavatorning ishchi uskunalari bir-birlari bilan mos ravishda 4,6 va 5 gidrotsilindrlari bilan ta’minlangan.
EG-12AU ekskavatori gidrotsilindrlariga bosim ostidagi moyni etkazib berish uchun har birining zo‘riqmasi 900 l/min bo‘lgan ikkita nasos qurilmasi va 660 kVt li elektr yuritma bilan ta’minlangan. Gidrotizimdagi umumiy bosim 30 MPa ni tashkil etadi.
Ekskavator-draglayn (3-rasm)lar cho‘michi 4 ko‘taruvchi 1 va tortuvchi 5 kanatlarga osiladi. Draglayn strelasi tayanch 6 va yo‘naltiruvchi blok 3 ga ega. Ekskavatorning burilish mexanizmi to‘g‘ri lopatali ekskavatorlarniki kabi tuzilishga ega.Draglaynlar gusenitsali yoki qadamlovchi mexanizmga ega bo‘lgan yurish organi bilan ishlab chiqariladi. Ekskavator ish vaqtida tayanch rama-bazasi 7 da o‘tiradi.