Konflikt - o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ziddiyatli manfaatlar va munosabatlarning ochiq to‘qnashuvidir.
Konfliktning еchimini topish – konfliktli vaziyatni yo‘qotish hamda u yuzaga keltirgan munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga solish bilimlari va ko‘nikmalari majmuidan iboratdir.1
Konflikt tabiiy hodisa. Konflikt – oddiy hol. Chunki konflikt har birimizning turmushimiz va tirikligimizga hos va hayotimizga tegishli bo‘lgan narsa. Ammo ko‘pchilik ongida an’anaviy mavjud bo‘lgan fikrga ko‘ra, konflikt bu – oddiy hol emas, u ziddiyatli hol, undan o‘zini muhofaza qilish kerak, undan o‘zini tortish zarur, konfliktdan “qochish” kerak. Insonlararo, oilalar ichida bo‘layotgan konfliktlardan o‘zini tortishni bizga bolaligimizdan o‘rgatib kelishadi. Konflikt oldida, konfliktdan qo‘rqish hollari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bizni bolaligimizdan konfliktli vaziyatlardan o‘zimizni tortishga, “janjalkash” bo‘lmaslikka, nizolarni keltirib chiqargan va unda qatnashgan odamlardan o‘zimizni tortib yurishga o‘rgatishadi. Konflikt – bizning milliy mentalitetimizda “yaxshi” bo‘lmagan holat va vaziyatga tenglashtiriladi. Konflikt bo‘lganidan ko‘ra, konflikt bo‘lmaganini biz afzalroq ko‘ramiz. Biz konfliktni hayotimizdagi eng “yomon” davr sifatida baholaymiz. Konfliktdan uzoqroqda yashash ko‘nikmalari bizning tafakkurimizga chuqur singdiriladi. Konflikt har kunlik hayot tarzimizga hos bo‘lgan voqelik bo‘lishiga qaramay, insonlar ko‘pincha ularni noto‘g‘ri talqin etadi hamda ularni “anglangan” holda qabul qilishga o‘rgatilmaydi. Konfliktli vaziyatga tushib qolgan vaqtimizdagina mana shu konfliktli vaziyatni tahlil qilishga urinamiz. Ammo har doim ham bizning bilim va ko‘nikmalarimiz konfliktli vaziyatdan chiqib ketish uchun еtarli bo‘lmaydi. Chunki bizning hayotiy tajribamiz kam, chunki biz konfliktlar еchimi bo‘yicha maxsus bilimlarni egallamaganmiz. Tabiiyki, har bir inson konfliktlarni tushunadi, ularning mohiyatini to‘g‘ri anglaydi hamda ularni еnga oladi deyish, xato hisoblanadi. Xorijiy ellarda yuqori va quyi bosqichdagi barcha rahbar xodimlar, biznes menejerlarning barchasi konfliktlar еchimi bo‘yicha ta’lim oladilar.
Konfliktlar va ularning еchimi bo‘yicha ma’lum bilimlar va ko‘nikmalarni egallamasdan turib, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda faoliyat olib borib hamda ularni boshqarib bo‘lmaydi.
Konfliktlarni o‘rganish, ularni ilmiy anglash, konfliktlar bo‘yicha zamonaviy bilimlarni egallagan mutaxassislarni tarbiyalab – voyaga еtkazish davr bilan hamnafas bo‘lishni anglatadi.