2-Laboratoriya ishi I-II guruh kationlarini ochish reaksiyalarini va aralashmasini analizini bajarish. I guruh kationlarining xususiy reaktsiyalarini o`rganish Kationlarning birinchi guruhiga K+, Na+, NH4+, Mg+2 kationlari kiradi. Boshqa guruh kationlaridan farqi, natriy, kaliy va ammoniyning deyarli barcha tuzlari suvda yaxshi eriydi. K+, Na+ va NH4+ kationlari rangsiz. Natriy va kaliy gidroksidlari NaOH va KOH suvda yaxshi eruvchi kuchli asoslardir. Ammiakning gidrati NH4OH kuchsiz asosdir. Bu kuchsiz birikma uy temperaturasida ham osongina ammiak va suvga parchalanadi. Birinchi guruh kationlarining analitik belgisi guruh reaktivning, ya'ni bir vaqtning o`zida bu guruhning barcha kationlarini cho`ktiradigan reaktivning yo`qligidir.
Ammoniy tuzlari kuchsiz birikmalardir va qizdirilganda oson parchalanadi. Bu xossadan birinchi guruh kationlarining tuzlari aralashmasidan ammoniy tuzlarini yo`qotish uchun foydalaniladi.
Natriy va kaliy keng tarqalgan elementlarga kiradi. Odam organizmida natriy, uning eruvchi tuzlari holida (xloridli, fosfatli va gidrokarbonatli) asosan xujayradan tashqari suyuqliklarda, qon plazmasida, limfada va ovqat hazm qiladigan shiralarda bo`ladi. Qon plazmasining osmotik bosimi asosan natriy xlorid hisobiga kerakli darajada saqlanib turadi.
Birinchi guruh kationlarining xususiy reaksiyalari Xususiy reaksiyalarni bajarishda kundalik daftarlarga qayd qilishni quyidagi jadval ko`rinishida olib borish tavsiya qilinadi.
Birinchi guruh kationlarining xususiy reaksiyalari