Solishtirma issiqlik sig’imi va mos ravishda adiabata ko’rsatgichi
temperaturaga bog’liq. Past temperaturalarda faqat ilgarilanma erkinlik
darajalari qo’zg’aladi. Temperatura oshishi bilan ikki
aylanma erkinlik darajasi
qo’zg’aladi. Va nihoyat keyingi temperatura oshishida molekulalarning
tebranma erkinlik darajalari qo’zg’aladi. Tebranishlarda potensial va kinetik
energiya
mavjudligi sababli, (VI) formula bilan hisoblashda tebranma erkinlik
darajasi ikki marta hisobga olinishi kerak. Qo’shimcha tebranma erkinlik
darajasi
natijasida, molyar issiqlik sig’imi yana bir bor universal gaz doimiysi R
qiymatiga ortadi. Chiziqli molekula CO2 to’rtta tebranma erkinlik darajasiga ega.
(5-rasm). Tebranishlarning ikkita normal modasi molekulyar o’q bo’ylab va
ikkita boshqasi molekulyar o’qqa perpendikulyar amalga oshadi. CO2
molekulaning qayishayotgan tebranishlari xona temperaturasida qo’zg’aladi va
shuning uchun xona temperaturasida hisobga olinishi kerak.
Bu tajriba gazsimon CO2 bilan o’tkazilishi mumkin. Bunda zoldirni
aniqlangan ossillyasiya davrining qiymati quyidagiga teng bo’ladi: T = 1.2 s
Va shunda k = 1.26 adiabata ko’rsatgichiga ega bo’lamiz.
Tovush to’lqinlarining tarqalishi holatlarning adiabatic almashuvidir. Bosimning
mahalliy o’zgarishi
shunchalik tez amalga oshadiki, bunda hyech qanday
issiqlik almashuvi bo’lmaydi, ya’ni: ΔQ = 0. Oqibatda adiabata ko’rsatgichi
havodagi tovush tezligi uchun Laplas tenglamasiga kiradi. (gazlarda tovush
tezligi bo’yicha tajribalarga qarang P1.7.3.4).
4-rasm. Qayta tajribani boshlashning sxematik namoyishi (to’liq tajribani o’tkazish
uchun foydali maslahatlarga qarang).
5-rasm. Sterjenli magnitdan(jihozlar ro’yxatiga kiritilmagan)
ixtiyoriy holatdan x
tajribani boshlashda qanday foydalanishning sxematik namoyishi (batafsil tajribani
o’tkazish va foydali maslahatlarga qarang.