ko’rsatilganidek, ipga bog’langan yumshoq mato
yoki teri parchasi bilan
shisha trubkani diqqat bilan tozalash kerak. Shisha trubkani yumshoq mato
parchasi bilan tozalashda tozalovchi vositalardan foydalaning.
2-rasm. Har bir tajribadan oldin yumshoq mato parchasi bilan shisha trubkani
diqqat bilan tozalash zarur.
Eslatma
Asbobdan
foydalanilmagan vaqtda, presizion shisha trubkani toza saqlash
maqsadida, uni rezina qopqoq bilan berkiting.
Tajriba qurilmasi
- Shisha trubkani 2-rasmda keltirilganidek tozalang.
- Po’lat zoldirni tozalang.
Eslatma
Faqat presizision shisha trubkani va po’lat zoldirni tozalashgina zoldirning
yaxshi ossillyasiyasiga olib keladi. Shisha trubkani rezina tiqinga o’rnating.
Siz rezina tiqinning oldingi tarafidan jipslagich
xalqadan foydalanishingiz
mumkin, buni soddagina oddiy qog’oz bilan amalga oshirish mumkin (3-rasm).
3-rasm. Tajribani o’tkazish uchun qulaylik yaratish maqsadida jipslashtiruvchi
xalqa sifatida rezina tiqinga kiritilgan qog’oz o’ramidan foydalanish mumkin.
Tajribani o’tkazish tartibi
- Aspiratorning pastki teshigi berk ekanligiga amin bo’ling.
- Presizision shisha trubkali rezina tiqinni aspiratorning yuqorigi teshigiga
perpendikulyar
qilib joylashtiring
- Agar endi zoldir shisha trubkaga kiritilsa, u idishdagi havo hajmi shakllantirgan
havo yostig’ida garmonik tebranishlar bajaradi. Ishqalanish energiyasiga
yo’qotishlar muqqarar bo’lgani uchun tebranishlar so’nadi.
- Bir necha marta (masalan 20) tebranishlar davrini T 10
ossillyasiya uchun
o’lchang.
- Barometr ko’rsatishi bo’yicha bosim qiymatini yozib oling.
- 1 l hajmli plastik menzurkadan foydalangan holda, idishni suv bilan to’ldirib,
aspiratorning hajmini aniqlang.
Suvni to’kgandan keyin idishni yaxshilab quriting.
Dostları ilə paylaş: