Rossiya bozorlarida 2009 – yilda 31,7 million dona mobil telefonlar sotildi shundan Nokia – 8,5
mln., Samsung-7,3mln., Motorola-4.7mln., Benq-siemens-3,8 mln. Sony Ericsson-3,6 mln. Boshqa
kompaniyalar 3,8 mln telefon sotishdi. Har bir bozor qatnashchisining hissasi ulushini hisoblab
chiqing. Mobil telefonlar bozoridagi raqobat holatini baholang.
3-masala
Dunyoda birinchi bo‘lib issiq pitsalarni uyga yetkazib berish g‘oyasi bilan chiqqan «Domino»
firmasi endigina ochilgan davrda haftasiga boryo‘g‘i 15 dollar daromad olgan xolos. Bu firma o‘z
qarzlaridan 10 yil davomida qutula olmagan. Lekin, keyinchalik, bu firma yuzlab shaxobchalarga
ega bo‘lgan, aylanma kapitali 2 millard dollardan oshib ketgan yirik kompaniyaga aylangan. Bu
firma faoliyatining boshlang‘ich davrida muvaffaqiyatga uchray olmaganligining asosiy sababi
nimada edi, deb hisoblaysiz? Bu kompaniyaning keyinchalik muvaffaqiyat qozonishiga nimalar
sabab bo‘ldi?
Dostları ilə paylaş: