Tovar siyosati
-tadbirkorlik maqsadlariga erishishiga mo‘ljallangan strategiya va tadbirlar
yig‘indisi.
Tovar sifati
— mahsulot (xizmat)ning belgilangan yoki nazarda tutiladigan talablarni uning
belgilangan vazifasiga muvofiq qanoatlantirishini belgilab beruvchi xossalari
va xarakteristikasi
yig‘indisi. Mahsulotning uni ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish, iste’mol
qilish muayyan
shartlariga nisbatan bir yoki bir necha konkret xarakteristikasini o‘zida ifoda etuvchi sifat
ko‘satkichlari bilan tavsiflanadi. Tovar sifatiga oid talablar — obyektiv va subyektiv omillarning
o‘zaro ta’siri natijasidir.
Tovar o‘rami (ingl. packaging) —
muhofaza tarasi yoki idishida
mahsulotni qadoqlash
texnologiyasi yordamida uning ichidagi tovar reklama qilinadi.
Tovar harakati kanallari
— tovar harakati funksiyalarini amalga oshirish yo‘llari. Tovar harakati
kanallari oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin: ishlab chiqaruvchining
xaridor bilan oddiy
(to‘g‘ridan to‘g‘ri) aloqa qilishida yo tovar xaridorga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berilishi, yoki ishlab
chiqaruvchi o‘z mahsulot sotish va o‘tkazish tarmog‘iga ega bo‘lishi taqozo etiladi.
Tovarlar guruhi brendi (ingl. family brend)
— mahsulotlar yoki xizmatlar assortimentini
identifikatsiyalovchi brend. Odatda nom, so‘z, timsol, logotip, grafik
tasvir yoki savdo markasi
ko‘rinishida aks ettiriladi, bajarilishi ana shunday atributlar sirasiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: