1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   206
M.A.

Strategik marketing 
- mustaqil sotuvchilar o‘zining tovarini mustaqil xaridorlarga sotish uchun 
harakat qiladigan bozor yaratishning sistematik siyosatini o‘tkazish orqali o‘rta bozor 
ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga qaratilgan uzoq muddatli aktiv marketing jarayoni. 
Tovar belgisi 
(xizmat ko‘rsatish belgisi) — bir jismoniy va yuridik shaxslarning tovarlari va 
xizmatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslar tovarlari va xizmatlaridan farqlashga xizmat 
qiladigan timsollar va ramzlar bo‘lib, ular qonunda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan bo‘lishi lozim. 


Tovar siyosati 
-tadbirkorlik maqsadlariga erishishiga mo‘ljallangan strategiya va tadbirlar 
yig‘indisi. 
Tovar sifati
— mahsulot (xizmat)ning belgilangan yoki nazarda tutiladigan talablarni uning 
belgilangan vazifasiga muvofiq qanoatlantirishini belgilab beruvchi xossalari va xarakteristikasi 
yig‘indisi. Mahsulotning uni ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish, iste’mol qilish muayyan 
shartlariga nisbatan bir yoki bir necha konkret xarakteristikasini o‘zida ifoda etuvchi sifat 
ko‘satkichlari bilan tavsiflanadi. Tovar sifatiga oid talablar — obyektiv va subyektiv omillarning 
o‘zaro ta’siri natijasidir. 
Tovar o‘rami (ingl. packaging) — 
muhofaza tarasi yoki idishida mahsulotni qadoqlash 
texnologiyasi yordamida uning ichidagi tovar reklama qilinadi. 
Tovar harakati kanallari 
— tovar harakati funksiyalarini amalga oshirish yo‘llari. Tovar harakati 
kanallari oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin: ishlab chiqaruvchining xaridor bilan oddiy 
(to‘g‘ridan to‘g‘ri) aloqa qilishida yo tovar xaridorga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berilishi, yoki ishlab 
chiqaruvchi o‘z mahsulot sotish va o‘tkazish tarmog‘iga ega bo‘lishi taqozo etiladi. 
Tovarlar guruhi brendi (ingl. family brend) 
— mahsulotlar yoki xizmatlar assortimentini 
identifikatsiyalovchi brend. Odatda nom, so‘z, timsol, logotip, grafik tasvir yoki savdo markasi 
ko‘rinishida aks ettiriladi, bajarilishi ana shunday atributlar sirasiga kiradi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin