1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   206
M.A.

Savdo madaniyati
— tovar harakatining umumiy yagona silsilasida chakana savdo jarayonlarini 
birlashtiruvchi muhim bir halqa. Chakana savdo texnologiyasi xalq iste’moli tovarlarini ishlab 
chiqarish korxonalaridan iste’molchilarga yetkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash va aholining 
ana shu tovarlarga ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng zarur shart-sharoitlar 
kompleksi sifatida chakana savdo korxonalarining o‘zida yaratilishi lozim. 
Savdo markasi (ingl. trademark) — 
yuridik jihatdan ro‘yxatdan o‘tkazilgan so‘z yoki so‘zlar, nom, 
rasm, timsol yoki boshqa grafik tasvirdan iborat bo‘lgan obyekt. 


Savdo tizimi
— xaridor va sotuvchi muloqoti rejimida savdo amallarini o‘tkazish uchun 
mo‘ljallangan tizim bo‘lib, mutaxassislarning maslahatlari, infratuzilmali xizmatlar va boshqa 
qo‘shimcha imkoniyatlarni ta’minlaydi. 
Sanoat reklamasi
— aholi orasidagi iste’molchilar uchun emas, balki sanoatdan foydalanuvchilar 
va xaridorlar uchun mo‘ljallangan reklama bo‘lib, 
business to-business advertising, 
ya’ni mijoz 
kompaniyalar uchun reklama, deb ham ataladi. Ilgari savdo va texnika reklamasi, deb yuritilgan bu 
atama hozirgi kunda ham ko‘pgina mamlakatlarda ishlatiladi. 
Servis paneli (service panel) — 
xizmat ko‘rsatish va xizmatlar havola etiladigan turlri sohalarda 
xaridorlar ehtiyojlarining maxsus paneli. 
Segmentlashtirish (ingl. segmentation) 
— marketing rejalashtirishida bir-biriga bog‘lanib qolgan 
shaxslarni aniqlashtirib olish hamda birbiridan ajratishdir. 
Sinama marketing; test marketing 
— bitta yoki tanlab olingan bir necha mintaqada o‘z tovarlarini 
realizatsiya qilish. 
Sinxromarketing (ingl. synchromarketing) 
— bozorda tovarga bo‘lgan talabning kuchli o‘zgarishi 
(tovarning mavsumiy xarakterga egaligi) tufayli konyunkturaning pasayishi oqibatida qo‘llanadigan 
marketing turi, bunday pallada sinxromarketing talab o‘zgarishini inobatga olgan holda sotuvning 
barqarorligini ta’minlaydi. 
Sif (ingl. cost, insuranse and fright) 
— (narx, sug‘urta va yetkazib berish) terminidan chiqarilgan 
abbreviatura. Eksport kontrakti doirasida tovar yetkazib berishning tovarning narxi xaridor uchun 
ana shu elementlarni ham o‘z ichiga olishini ko‘rsatuvchi bir sharti. 
Sotish siyosati
— marketing faoliyati jarayonida firma siyosatini ishlab chiqish bosqichidayoq hal 
etiladigan muammolardan biri. Konkret muayyan bozorga nisbatan olganda sotishning eng samarali 
tizimi, yo‘llari va usullarini tanlash to‘g‘risida so‘z ketganda, bu mahsulotni ishlab chiqarish avval 
boshdanoq sotishning muayyan usul va uslublarini, eng qulay sharoitlarni ko‘zda tutishni bildiradi. 
Sotuvdan tushum(ingl. sales revenie) — 
savdo faoliyatidan olingan kompaniya sof daromadi, 
ko‘pincha, tovar aylanmasi sinonimi sanaladi. 
Savdo portfeli (ingl. sales portfolio; sales presentation) — 
ikkinchi bir nomi — sotuvlar 
tashkilotchisi. Sotuvlar bo‘yicha yoki savdo agenti (gumashta) yordamchi yig‘ma jildi bo‘lib, unga 
mijoz bilan muzokaralar, sotiladigan tovarlar va xizmatlar texnik xarakteristikasi (tavsifnomasi) va 
layoqati haqidagi ma’lumotlar jamlangan bo‘ladi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin